O‘zbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati 50 million dollarga teng bo‘lgan 53,4 ming tonna shaftoli eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 16 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 45,5 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 4,6 ming tonna;
- Qozog‘iston – 2,7 ming tonna;
- Turkmaniston – 412 tonna;
- Belarus – 241 tonna;
- Mongoliya – 7,1 tonna;
- BAA – 4 tonna.
Izoh (0)