Angliya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda (1:1) “Liverpul” hujumchisi Darvin Nunyes qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Uchrashuvning 57-daqiqasida “Kristal Pelas” himoyachisi Yoakim Andersen urugvaylik futbolchiga o‘z noroziligini bildirib, uni qo‘li bilan turtib yubordi. Shundan so‘ng Nunyes keskin burilib, raqibiga bosh bilan zarba berdi.
Bosh hakam Pol Tirni Darvinni ushbu harakati uchun maydondan chetlatdi. Bu Nunyes uchun “Liveprul” safida APL doirasida “Enfild”dagi ilk rasmiy o‘yin edi.
Nunyesga qadar “Liverpul” safida APLning dastlabki uy o‘yinida faqatgina Jo Koul qizil kartochka olgandi. 2010-yil 15-avgust kuni Koul “Enfild”da o‘z debyutini o‘tkazgan va “Arsenal”ga qarshi o‘yinda (1:1) qizil kartochka olgan.
Izoh (0)