UFC prezidenti Deyna Uayt promoushen tarixidagi eng kuchli jangchilar top-5 ligini tuzdi. Ushbu ro‘yxatdan yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov o‘rin olmadi.
Habibni buyuk deb atash qiyin. Kim biladi, u faoliyatida nimalarga erishgan bo‘lardi, biroq juda erta yakunladi. Jon Jons esa shu yil og‘ir vaznda jang qilishi mumkin. Jonsni barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi deb hisoblayman. Ishonmaysiz, men Habibni bir necha bor ortga qaytarishga urindim, ko‘ramiz keyinchalik nima bo‘ladi.Mening top-5 ligim? Jon Jons, Anderson Silva, Ronda Rouzi, Konor Makgregor va Jorj Sen-Pyer. Yana bir necha yigitlarni bu yerga qo‘shishni xohlardim, masalan, Usmonni.
Deyna Uayt, UFC prezidenti
Habib Nurmagomedov 2020-yil oktabr oyida faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Sportchi MMA’da 29 ta g‘alaba qayd etgan. Shundan 13 tasi UFC promoushenida qo‘lga kiritilgan. Habib chempionlik kamarini 3 marta himoya qilgan.
Izoh (0)