Yakshanba (14-avgust) kuni Armaniston poytaxtidagi “Surmalu” savdo markazida portlash yuz bergan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga pirotexnika vositalari omboridagi yong‘in sabab bo‘lgan. Falokat natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 26 kishi yaralangan, yaqin atrofdagi joylar vayronaga aylandi. Voqea joyida haligacha qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda.
Quyida “Interfaks” nashri portlash oqibatlari aks etgan suratlarni jamladi.
Mavzuga doir: Fotoreportaj: Seulda so‘nggi 80 yildagi eng kuchli yomg‘irning talafotli oqibatlari
Izoh (0)