Ertaga, 15-avgust kuni “Tolibon” tashkiloti tomonidan tayinlangan Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi Moskvaga yetib boradi. Ta’kidlanishicha, delegatsiyaga Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchilik qiladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
15-avgust kuni Moskvada Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Delegatsiya tarkibida iqtisodchi va moliyachilar ham bor. Afg‘onistonliklar neft, boshqa turdagi yoqilg‘i, bug‘doy, un, kungaboqar yog‘i sotib olishni rejalashtirmoqda, — deydi Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnov.Unga ko‘ra, tayinlangan Vazirlar mahkamasi delegatsiyasi Qozonga ham tashrif buyuradi. “Bunday aloqalar mintaqalararo mustahkam munosabatlarni rivojlantirish uchun zarur”, — deb tushuntirgan Jirnov.
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SPXIF) davomida Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasining “Tolibon” tomonidan tayinlangan rahbari Muhammadyunus Husayn Afg‘oniston tomoni Rossiyadan 5 ming tonna neft, 2 million tonna g‘alla, shuningdek, boj olinmaydigan savdo va oziq-ovqat mahsulotlarini kelishgan holda sotib olish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga doir: Xitoy Afg‘onistondan meva import qilishni rejalashtirmoqda
Izoh (0)