Davlat test markazi imtihon vaqti telefondan foydalanish holati aniqlanganini ma’lum qildi.
Fizika va matematika fanlaridan test topshiriqlari aks etgan 6410554 raqamli test topshiriqlari kitobi 12-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli.
Mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.
Izoh (0)