• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Masjidda farrosh, yotoqxonada qorovul, Rossiyada idish yuvuvchi, “Qalpoq”da Sohiba. Ikki bolasini boqish uchun kurashayotgan professional aktrisa haqida (video)

    Aktyor, aktrisalar, umuman shou-biznes vakillari juda ham zo‘r iqtisodiy sharoitlarda yashashadi, ularda dard yo‘q, hasrat, muammo yo‘q, davralarning to‘ri, munosabatning zo‘ri hamisha ularga bo‘ladi, ular qiyinchilik nima, bilmaydi deb hisoblaydigan odamlar juda ko‘p.

    Asosan “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Sohiba obrazi orqali, epizodik rollari bilan mashhurlikka erishgan, professional ta’lim olgan aktrisa Fotima Nazarovaning hayoti bir film uchun ssenariy bo‘la oladi, deyish mumkin. Kulgili rollarni o‘ynaydigan aktrisaning mashaqqatlarga to‘la hayoti haqidagi yig‘latadigan film.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad aktrisa Fotima Nazarova yashaydigan ijodkorlarning ijara yotoqxonasida mehmon bo‘ldi va aktrisaning so‘nggi o‘n yillikdagi faoliyati haqida suhbatlashdi.

    Farzandlarim tug‘ulib, uch-to‘rt yosh bo‘lganidan so‘ng, “san’atim o‘xshamadi, bolalar uchun Toshkentdan nima qilib bo‘lsa ham uy olishim kerak”, deb, Rossiyaga ketdim. Ishonasizmi, Rossiyaga borib 10 kun turdim. Uch kun idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishladim. Oyoq qo‘lim shishib ketdi. Birinchidan, menga emas ekan bu ish, san’at sohasida yengil-yelpi yurib ishlardan chiqib qolgan ekanman. Keyin bolalarimsiz menga hayot yo‘q ekan. Hattoki bolalarimni qizg‘onib, bog‘chaga bermaganman. Bog‘cha opalar bilib, yo bilmay chertib qo‘ymasin, deganman. 36 yoshimda qizimni, 38 yoshimda o‘g‘limni dunyoga keltirdim. Xullas, shunday qilib, Rossiyada ishlay olmay, 10 kun ichida O‘zbekistonga qaytganman.

    Teatrlarga harakat qilib ko‘rdim. Juda ko‘p harakat qildim. “Yoshingiz o‘tgan, joy yo‘q”, deyishdi, hozir teatrga asosan yoshlarni ishga olishar ekan. Axiri Mirza aka Muqimiy teatriga ishga oldilar.

    “Men ham musofirman, musofirlarni yaxshi tushunaman, eshitdim ijodkorlar uyida ijarada yasharkansiz, bolalaringiz bor ekan, hozircha “pojarniy”ga ishga olib turaman, keyin aktrisalikka joy bo‘shasa, ishga olaman”, dedilar. Keyin o‘zlari olamdan o‘tdilar, Alloh rahmatiga olsin, ilohim.

    Keyin o‘sha teatrda nazoratchi bo‘lib ishladim. Ishimiz asosan tomoshabin bilan, ularning biletiga qarab, joyini topishiga yordam beramiz. Ko‘p tomoshabinlar mening ishlayotganimni tushunmasdida, men bilan rasmga tushishardi. “Yo‘q, men ishlayapman, menga ish vaqtida rasmga tushish mumkin emas”, deya olmasdim. “Rasmga tushmayman”, desangiz xafa bo‘ladi. Ular bilan ish vaqtida rasmga tushishim rahbarlarga yoqmadi. Tepadan, kameradan qarab turishardi. “Ishingni qilsangchi”, deyaverishdi. Keyin ishdan bo‘shashga majbur bo‘ldim.

    Hozir Bektemir tumanidagi madaniyat uyida o‘qituvchiman. U yerda to‘garak rahbariman, bolajonlarga sahna nutqi va aktyorlik mahoratidan dars beraman. Oyligim 600 ming so‘m, ijara yotoqxonaga esa bir oyda 642 ming so‘m to‘layman.

    O‘zimiz yashayotgan ijara yotoqxonada qorovul bo‘lib ishlaganman. Teatrlarga ishga olishmaganidan so‘ng, majburlikdan qorovul bo‘lib ishga kirdim. Tundan tonggacha qorovullik qilib chiqardim. Qiyin bo‘larkan. Bu yerda san’atkorlar yashagani uchun ular to tonggacha to‘y xizmatidan, safarlardan, syomkalardan kelishadi. Ular uchun eshikni ochasiz. Undan tashqari begonalar, ko‘chada ichib, mast bo‘lib qolib ketgan alkashlar keladi. Qo‘rqib-qo‘rqib, bir choralarni ko‘rib, olti oy ishladim, kechasi uxlamaslik kerak edi. Oyligim 400 ming so‘m edi.

    Qorovulchilikdan tashqari At-Termiziy masjidida farrosh bo‘lib bir yilcha ishladim. Ba’zida o‘zlari, chin ko‘ngildan pul berishardi. Aslida Alloh uchun, Allohning uyida xizmat qilishni niyat qilganim uchun ishlagandim. Hozir ham masjid hovlisini supurgani borishni juda xohlayapman, ammo bora olmayapman.

    Masjidda tozalik ishlari erta sahardan boshlanadi. O‘g‘lim ham birga yordamga borardi. Shunday kunlarning birida o‘g‘limga “men hovlini supuraman, sen suv sep”, dedim. O‘g‘lim yoshlik qildimi, bilmadim, xullas, bir Matiz’ning g‘ildiragiga ozroq suv sachrab ketdi. Unaqa darajada mashinasi suv bo‘lib ketmadi, aslida. Matiz’ning egasi, o‘zimdan yosh bola kelib, meni shunaqa bo‘ralatib so‘kib ketdi. “Uka hech nima qilmadi-ku, changimasin, mashinangizga chang tegmasin, deb, suv sepgan joyimiz edi, yosh bola-ku, uka”, desak ham so‘kinishdan, haqorat qilishdan to‘xtamadi. Uzoqdan bir bola kuzatib turgandi, “hozir u ham kelib meni farosatsizlikda ayblamasin”, deb turganimda, u bola kelib Matiz’li bolaga shunaqa “ta’lim” berib qo‘ydi. Allohning mehribonligidan aylanay, Allohga shukrlar bo‘lsin, ilohim.

    Yashayversangiz har xil xarakterli, har xil kayfiyatdagi odamlarni ko‘raverar ekansiz.

    Fotima Nazarova, aktrisa, xonanda

    Ma’lumot uchun, Fotima Nazarova 1971-yil tavallud topgan. 1991-yili hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Musiqali drama teatri aktyorligi” bo‘limida tahsil olgan.

    Mavzuga doir: “Eng katta orzum — uyli bo‘lish”. “Qalpoq”dagi Sohiba — Fotima Nazarova quvnoq obrazi ortidagi dardlari hamda moliyaviy qiyinchiliklari haqida

    11.08.2022, 14:31   Izoh (0)   34522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bahor qaytmaydi”dagi Klara — Shamsiqamar Mansurova ushbu obrazi tufayli eri bilan ajrashishgacha borgani haqida so‘zlab berdi (video)

    11.08.2022, 12:44

    Instagram: Parizoda bilan yuz bergan ko‘ngilsizlik, sportchini jangga chorlagan Shohruxxon, sayohatga otlangan Lola

    10.08.2022, 22:30

    Gollivud yulduzi Bred Pitt qaysi aktyorlar bilan hech qachon bir filmda suratga tushmasligi ma’lum qilindi

    10.08.2022, 19:33

    “Unga nisbatan nohaqlik qildim”. Aziz Rametov san’atdagi yaqin do‘sti Shohruxxonni ranjitgani hamda kinolarda ko‘rinmay qolgani sababi haqida (video)

    10.08.2022, 17:29

    Aziza Niyozmetova, Hoshim Arslonov, Jamshid Zokirov va saratondan vafot etgan boshqa o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    10.08.2022, 15:29

    51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)

    10.08.2022, 12:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.