Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi un mahsulotini birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxonani bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, 1-iyundan boshlab un mahsulotlarini ham birja orqali bozor tamoyillari asosida sotish belgilangan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga birjadan xarid qilingan 3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doydan chiqqan unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini bajarmagan xo‘jalik yurituvchi subektlarni bug‘doy bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etishini cheklash bo‘yicha O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasiga ko‘rsatma berish vakolati berilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida 6 ta korxona tomonidan un mahsulotini birja savdolariga qo‘yish bo‘yicha grafiklar taqdim etilmagani, 16 ta korxona tomonidan normaga nisbatan kam hajmda grafik tasdiqlanganligi va 2 ta korxona tomonidan grafik umuman bajarilmagani aniqlangan.
Shu sababli qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasiga ko‘rsatma bergan holda 2022-yil iyul oyida un mahsulotini birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxonani bug‘doy xarid qilish bo‘yicha birja savdolaridan chetlashtirilgan.
Izoh (0)