Samarqand viloyati Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Xaqbediyev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Shu munosabat bilan idora ta’ziya bildirdi.
“Alloh taolo marhum ulamo Shodi domlani O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzand-u arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajr-u mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhum ulamoning oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, – deyiladi ta’ziya matnida.
Izoh (0)