Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida oshxonadagi seyfdan pul o‘g‘irlagan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25-iyul kuni tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi, oshxona ish yurituvchisi vazifasida ishlovchi V.V. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 24-iyul kuni soat 16:00 da shu mahallada joylashgan oshxona yerto‘lasidagi seyf ichidan 20 million so‘m pulini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida o‘g‘rilikni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi S.H. (ayol) sodir etgani aniqlanib, u qo‘lga olingan. 26-iyul kuni ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)