Faqatgina jiddiy neft ta’minoti inqirozi yuzaga kelgan taqdirda, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) neft qazib olish hajmini oshirishi mumkin. Bu Reuters xabar berdi.
Ukrainadagi urush fonida Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy qarama-qarshilik tufayli inqiroz joriy qishdayoq yuzaga kelishi mumkin.
“Uchta manba ta’minot inqirozi chuqurlashgan taqdirdagina, Saudiya Arabistoni va BAA ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini aytdi”, — dedi agentlik.
Saudiya Arabistoni, BAA va boshqa OPEK a’zolari kuniga 2-2,7 million barrel neftni erkin ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Biroq hozirgi sharoitda mamlakatlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish niyatida emas.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Osiyo uchun neft narxini rekord darajada oshirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)