Fransiya Rossiyaga qarshi qo‘llayotgan xatti-harakatlari tufayli dushman (do‘st bo‘lmagan) mamlakatdir, deya jurnalistlarga ma’lum qildi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Shu tariqa u Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Emmanuel Makron o‘rtasida ancha vaqtdan buyon muzokaralar o‘tkazilmayotgani sababini Kreml nima bilan bog‘lashi haqidagi savolga javob berdi.
“Qo‘ng‘iroqlashmayotganliklarining sababi esa ular hozircha buning vaqti kelmadi va ayni paytda bunga zarurat yo‘q deb hisoblaydi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, agar shunday zarurat tug‘ilsa, yetakchilar “istalgan daqiqada qo‘ng‘iroqlasha oladi”.
Izoh (0)