Daryo

Jonson va Makron Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirishga kelishib oldi

Bundan tashqari, yetakchilar mudofaa va xavfsizlik sohalarida London va Parij o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish hamda mustahkamlash borasida ham muzokara o‘tkazgan

1 daqiqa o‘qish63 004 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ria Novosti

26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga harbiy yordam yetkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda London.

Foto: Reuters

“Bosh vazir Jonson va prezident Makron Ukrainani mustahkamlash uchun uni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Makron Jonsonning Ukrainaga berayotgan harbiy yordamini olqishladi va yetakchilar Ukrainaga yordamni faollashtirishga kelishib oldi”, —  deyiladi Britaniya bosh vaziri idorasi tomonidan tarqatilgan press-relizda.

Bundan tashqari, yetakchilar mudofaa va xavfsizlik kabi sohalarda London va Parij o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash borasida ham muzokara o‘tkazgan.

Jonson va Makron uchrashuvi 26-28-iyun kunlari Bavariyada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammiti doirasida tashkil qilingan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar