• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi nega Xitoy rasmiylarini junbishga keltirmoqda?

    AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Xitoyning qarshiligiga qaramay Tayvanga uchib kelmoqda. Vaziyat ancha qaltis tus olishi mumkin. Xo‘sh, Pelosining Tayvanga tashrifi nega Xitoy rasmiylarini junbishga keltirmoqda?

    Quyidagi maqolada shu mavzuga to‘xtalib o‘tilgan.

    Pekin nima deydi?

    Dushanba kuni Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan, agar Pekin o‘zining “suvereniteti va hududiy yaxlitligi” tahdid ostida deb hisoblasa, armiya “qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi”, dedi.

    Pekin Tayvanni Xitoyning bir qismi deb biladi va davlatning hududiy yaxlitligi muhimligini ta’kidlaydi. Tayvan 1949-yilda mustaqilligini e’lon qilgan, ammo davlatning maqomi hanuzgacha munozarali bo‘lib qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar “Xitoyning hududiy yaxlitlik siyosati”ga rioya qilishini ta’kidlagan.

    Jo Bayden va Si Szinpin payshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Tayvan masalasini keng muhokama qildi. Si Tayvan masalasida AQSH “olov bilan o‘ynashmoqda” deb ogohlantirdi.

    Reuters agentligi 2-avgust kuni manbalarga tayanib, Xitoyning bir nechta harbiy samolyotlari Tayvan bo‘g‘ozi o‘rtasiga yaqin masofada uchib o‘tgani, bir qancha Xitoy harbiy kemalari esa Tayvan va Xitoy odatda kesib o‘tmaydigan ushbu norasmiy “ajratish chizig‘i” yaqinida qolayotgani haqida xabar berdi. Manbaga ko‘ra, yaqin atrofda Tayvan samolyotlari “shay holatida” bo‘lgan.

    Vashington nima deydi?

    Baydenning aytishicha, AQSH harbiylari Pelosi Tayvanga tashrif buyurish uchun to‘g‘ri vaqtni tanlaganiga ishonmaydi. Biroq prezident spikerga to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiyalar bermadi – Oq uy qaror Pelosining o‘zida qolishi kerak, deb hisoblaydi.

    AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Pelosi qonun chiqaruvchi organ vakili ekanligini va AQSH ma’muriyatidan mustaqil ekanini ta’kidladi. U Xitoy hukumatini vazminlikka chaqirdi. “Tashrif bo‘lgan taqdirda, biz Xitoydan ehtiyotkorlik bilan harakat qilishini va vaziyatning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymasligini kutamiz”, — dedi Blinken.

    Pelosi va Xitoy: ziddiyat tarixi

    82 yoshli Nensi Pelosi AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri. Bu siyosiy ierarxiyadagi muhim lavozim: u prezidentlik uchun ikkinchi o‘rindagi nomzod hisoblanadi.

    Xitoyda demokratiyaning buzilishiga qarshi kurash Pelosining siyosiy faoliyatining asoslaridan biridir. 1991-yilda Pelosi mashhur Tyananmen maydonidan haydab chiqarilgandi, u yerda u boshqa ikki amerikalik Qonun chiqaruvchi palata vakillari bilan birga “Xitoyda demokratiya o‘rnatish yo‘lida o‘lganlar uchun” bannerini ko‘tarib chiqqandi.

    Pelosi Xitoyning Gonkongdagi siyosatiga qarshi. U Pekinni uyg‘ur musulmonlariga qarshi genotsidda ayblaydi. Pelosi ikki marta, 2008 va 2022-yillarda Pekin Olimpiadasini diplomatik boykot qilishga chaqirgan.

    Pelosi o‘tgan hafta Tayvan mustaqilligini Tayvan xalqi hal qilishi kerakligini aytib o‘tdi.

    “Agar siz Xitoydagi tijorat manfaatlaringiz tufayli inson huquqlarini himoya qila olmasangiz, istalgan joyda ularni himoya qilish uchun ma’naviy huquqingizni yo‘qotasiz”, — dedi Pelosi yaqinda bergan intervyusida.

    02.08.2022, 19:41   Izoh (0)   22118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya mahbuslar bilan ayirboshlash bo‘yicha AQSHga javob taklifini kiritdi. Oq uy uni yuzaki va makkorona deb atadi

    02.08.2022, 18:42

    Putin yadro urushini hech qachon boshlash kerak emasligini aytdi. BMT bosh kotibi dunyo yadroviy halokatdan bir qadam narida turgani haqida ogohlantirdi

    02.08.2022, 18:20

    Rossiya Ukrainaning “Azov” polkini terrorchi tashkilot deb e’lon qildi

    02.08.2022, 18:01

    AQSH qanday sharoitda yadro qurolidan foydalanishi ma’lum qilindi

    02.08.2022, 16:51

    Rossiya Britaniyaning 39 fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular orasida sobiq bosh vazir va 12 nafar jurnalist bor

    02.08.2022, 16:47

    Yerga Mars yuzasining noodatiy surati yuborildi (foto)

    02.08.2022, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.