Rossiya Oliy sudi Ukrainaning “Azov” polkini terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” manbalari xabar berdi.
Endi Rossiyada tashkilot faoliyati taqiqlangan deb hisoblanadi va uchrashuvlar yopiq tartibda amalga oshiriladi. Rossiya Bosh prokuraturasi may oyida sudga murojaat qilgan edi. Shundan so‘ng sud majlislari boshqarma iltimosiga ko‘ra yana ikki marta qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, “Azov” 2014-yilda Donbassdagi mojaro paytida ko‘ngillilar batalyoni sifatida tuzilgan. Keyinchalik u polkka aylantirilgan va Ukraina muntazam armiyasining bir qismiga aylangan.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri 6,5 ming ukrainalik askar taslim bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)