1-avgustdan Fransiya xalqaro sayyohlar uchun koronavirus cheklovlarining barchasini bekor qildi. Tegishli qaror Fransiya hukumati saytida e’lon qilingan, deb yozad Tengritravel.
Fransiyaga kelganlar endi koronavirusga qarshi emlangani yoki COVID-19 dan tuzalgani haqidagi dallilarni, shuningdek, PZR testining manfiy natijasini ko‘rsatishi shart emas.
Shu bilan birga, Fransiya Ichki ishlar vazirligi veb-saytida qayd etilishicha, koronavirusning sog‘likka jiddiy xavf tug‘diruvchi yangi turi tarqalgan taqdirda, hukumat 2023-yil 31-yanvargacha ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklovchi choralarni qaytadan joriy etishi mumkin.
Niderlandiya va Ispaniya Yevropada hanuz koronavirus cheklovlarini saqlab qolayotgan so‘nggi davlatlardir. Har ikki davlat ham ma’lum mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilardan emlanganlik sertifikatini talab qilmoqda.
Izoh (0)