Ijtimoiy tarmoqlarda 2022-yilning mart oyida Toshkent shahri Olmazor tumani 234-sonli maktabda o‘quvchini maktab devori bosib qolgani, maktab ma’muriyati mazkur o‘quvchi o‘limini yashirishga uringani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar Xalq ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Internetda tarqalgan ma’lumotda maktabning qulab tushgan holati avariya ekani, maktab direktori faoliyati tanqid qilingan.
XTBning qayd etishicha, mazkur holat yuzasidan ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
“Bu haqda keyinroq batafsil axborot beramiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)