Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles tashqi ishlar vaziri Liz Trassni Konservativ partiya rahbari va bosh vazir lavozimi uchun kurashda qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda The Times gazetasi xabar bergan.
“U o‘z joyini egallaydi. Eng asosiysi esa u rostgo‘y inson va har doim nimani gapirsa shuni qiladi”, — dedi Uolles.
Trass sobiq moliya vaziri Rishi Sunak bilan birga Konservativ partiya parlament saylovlarining yakuniy bosqichiga chiqdi. G‘olib partiya rahbari va Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylanadi. Bosh vazir kim bo‘lishi 5-sentabr kuni ma’lum qilinadi.
Ikkala nomzod ham qirollikning mojaroga bevosita aralashuvisiz Ukrainaga harbiy-texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Liz Trass agar bosh vazir etib saylansa, birinchi bo‘lib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishga va’da bergan.
Izoh (0)