Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Agar Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass bosh vazir etib saylansa, u birinchi bo‘lib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qiladi va o‘z qo‘llab-quvvatlovini bildiradi. Bu haqda Trass The Daily Telegraph nashriga bergan maqolasida aytib o‘tdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Mening unga murojaatim qanday bo‘lishi aniq: Buyuk Britaniya Ukrainaga o‘z kelajagi uchun kurashda g‘alaba qozonishda qo‘lidan kelgan barcha yordamni beradi”, — deb yozadi u.

Trass Kiyevni zarur qurol va jihozlar bilan to‘liq ta’minlash uchun Londonning ittifoqchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishga va’da berdi, shuningdek, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida ekanini ta’kidladi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u “yangi Marshall rejasi orqali Ukrainani tiklash bo‘yicha muhim xalqaro sa’y-harakatlarni” muvofiqlashtiradi.

“Bosh vazir sifatida men Buyuk Britaniyani jahon sahnasida alohida ajralib turishini ta’minlayman. Biz avtoritar rahbarlar va potensial tajovuzkorlarni kuch bilan emas, o‘z e’tiqodimiz bilan tiyib turamiz. Erkinlik, suverenitet va o‘z taqdirini o‘zi belgilashning yangi davrida birgalikda g‘alaba qozonamiz”, — dedi Trass.

Trass Moliya vazirligining sobiq kansleri Rishi Sunak bilan birga Konservativ partiya a’zolari o‘rtasidagi saylovlarning yakuniy bosqichiga chiqdi. G‘olib konservatorlar rahbari va Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylanadi. Yangi bosh vazir kim bo‘lishi 5-sentabr kuni ma’lum qilinadi.

Ikkala nomzod ham qirollikning mojaroga bevosita aralashuvisiz Ukrainaga harbiy-texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)