Ukrainaning “Naftogaz” energetika kompaniyasining aytishicha, Ukraina Vazirlar Mahkamasi unga yevroobligatsiyalarni to‘lash imkoniyatini bermagan, garchi buning uchun mablag‘ bor. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Kompaniyaning o‘z veb-saytida e’lon qilingan hukumatga yo‘llagan rasmiy maktubida aytilishicha, shu tariqa mamlakat hukumati “Naftogaz” majburiyatlari bo‘yicha defoltga yo‘l qo‘ygan. 26 iyul — to‘lovning oxirgi muddati edi.
Ukraina Vazirlar Mahkamasi “Naftogaz” mansabdor shaxslariga yevrobond egalari oldidagi asosiy qarz va foizlarni (2022-yil uchun chiqarilgan) va foizlarni (2024-yil uchun) to‘lash uchun zarur to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga ruxsat bermadi, — deyiladi maktubda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu bilan hukumat 2022—2023-yilgi isitish mavsumiga tabiiy gaz importi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni to‘liq to‘plashni o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)