Rossiyaning Fix Price do‘konlar tarmog‘i 2022-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistondagi 17 ta do‘konini yopdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Agar birinchi chorak yakuni bo‘ycha kompaniyaning mamlakatda 30 ta dokoni bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi chorak natijalariga ko‘ra bor-yo‘g‘i 13 ta qolgan.
Yil boshidan kompaniya jami 32 do‘konini yopdi. Bundan tashqari, Fix Price 2022-yilda O‘zbekistonda o‘zi birorta ham yangi do‘kon ochmagan (yangi 3 ta do‘kon franchayzing asosida ochildi).
Kompaniya O‘zbekistondagi do‘konlar soni qisqarganini izohlamadi, biroq “Daryo”ning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya hozirda Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq shu sabablarga ko‘ra Rossiyaning “Dobrotsen” do‘konlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etgan edi.
Izoh (0)