Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanidagi molxona binosi kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 3,1 gektar. Binoning maydoni — 952 kvadrat metr. Molxonada faqat elektr ta’minoti bor. Suv, gaz va kanalizatsiya tizimi mavjud emas.
Auksionga qo‘yilgan yerning boshlang‘ich bahosi — 406,5 mln so‘m edi. Savdolar 25-iyul kuni 10:00 da o‘tkazildi va yer 447 mln so‘mga sotildi.
G‘olib sifatida Uchqun Abdurahmonov ko‘rsatilgan. Kimoshdi savdosi 10 daqiqa davom etgan.
Avvalroq Toshkentdagi ko‘p qavatli uy MIB tomonidan 14 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)