O‘zbekistonda 2022-yilning 6 oyi davomida respublika bo‘ylab jami 1429 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1785 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qay etilishicha, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 13 nafari respublika, 195 nafari viloyat va 1577 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1210 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 158 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlik, 22 nafari mansab soxtakorligi, 15 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 7 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 170 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 668,2 milliard so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 599,1 milliard so‘mi undirilgan.
Izoh (0)