Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida taqiqlangan dorilarni sotish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, 25-iyul kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Xo‘jaobod tumanida yashovchi erkak X.A.ning o‘zi yashab turgan mahalla hududida yoni ko‘zdan kechirilganda qo‘lidagi sumkasida 14 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir etuvchi dori vositasi borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq ham Andijonda ayol 2800 dona kuchli ta’sir etuvchi dori saqlab yurgani aniqlangandi.
Izoh (0)