Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qovurilgan tovuq filesi gulkaram, pomidor, qalampir va ismaloq bilan birga pishirilganda ajoyib ta’mni hosil qiladi. Bundan tashqari ushbu taom turli xil vitaminlarga boy hisoblanadi.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • gulkaram — o‘rtacha 1 bosh
  • tovuq filesi — 450 g
  • pomidor — 3 dona
  • piyoz — 1 dona
  • sabzi — o‘rtacha kattalikdagi 1 ta
  • bulg‘or qalampiri — 1 donaning yarmi
  • sarimsoq — 2-3 dona
  • ismaloq — 1 bog‘
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • karri — 1 qoshiqning yarmi yoki undan ortiq
  • kashnich — yarim qoshiq
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • suv — 200-300 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
  1. Gulkaramni gulbarglarga ajratib oling. Tovuq filesini o‘rta bo‘laklarga, pomidor, piyoz, sabzi va bulg‘or qalampirini mayda bo‘laklarga bo‘lib kesib oling. Sarimsoqni pichoq bilan maydalang. Ismaloqni ham mayda qilib to‘g‘rang.
  2. O‘simlik yog‘ini qizdirib tovuq filesini qovurib oling va uni boshqa idishga soling.
  3. Tovuq filesi qovurilgan idishga piyozni qo‘shib yumshaguncha qovuring va ustidan sarimsoqni qo‘shib 30 soniya davomida pishirib oling.
  4. Piyoz, sarimsoqning ustiga sabzi va bulg‘or qalampirini soling va uni 3-4 daqiqa qovuring.
  5. Uning ustiga pomidorni solib bir necha daqiqa davomida pishiring.
  6. Tovuq bo‘laklarini sabzavotlar pishirilayotgan idishga qaytarib soling va unga gulkaram qo‘shing. Keyin karri, kashnich va murch qo‘shib aralashtiring. Ustiga iliq suv quying va pishiring.
  7. Issiqlikni minimal darajaga tushiring va taxminan 25 daqiqa davomida idish qopqog‘ini yopib dimlab pishiring. Tayyor bo‘lishidan 5 daqiqa oldin tuz qo‘shing.
  8. Ismaloqni ham o‘sha idishga soling. Uni barglari so‘liguncha aralashtiring va yana bir necha daqiqa pishiring.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)