Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qovurilgan tovuq filesi yumshoq sabzavotlar bilan pishirilganda ajoyib ta’mni hosil qiladi. Ushbu qovurilgan tovuq go‘shti va karamdan tayyorlanadigan taomga achchiq qalampir qo‘shilsa yanada foydali va mazali taomga aylanadi. Unga ta’bingizga qarab boshqa sabzavotlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 650-700 g
  • ko‘k piyoz — 1 bog‘
  • achchiq qalampir — ta’bga ko‘ra
  • karam — o‘rtacha kattalikdagi 1 ta
  • sarimsoq — 4 dona
  • o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq
  • quritilgan yalpiz — yarim qoshiq
  • quritilgan rayhon — 1 qoshiq
  • pomidor qaylasi — 1-2 qoshiq
  • tovuq sho‘rvasi — 250 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tovuq go‘shtini mayda bo‘laklarga bo‘ling, piyoz va qalampirni mayda qilib to‘g‘rang. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazib oling.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring va tovuq go‘shtini solib 5-7 daqiqa davomida qovuring.
  3. Qovurilayotgan tovuqqa piyoz, sarimsoq, achchiq qalampir, yalpiz, rayhon va pomidor qaylasini qo‘shib aralashtiring. Barcha mahsulotlarni 5 daqiqa davomida pishirib oling.
  4. Keyin karamni soling va yana 5 daqiqa pishiring.
  5. Barcha mahsulotlarga tovuq sho‘rvasini qo‘shing va keyin unga tuz va qalampirni aralashtirib 30 daqiqa davomida qaynating.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)