Daryo

Tvorog va gilos qo‘shib, mazasi og‘izda qoladigan shokoladli pirog tayyorlaymiz

Shirinlikni xush ko‘ruvchilar uchun ajoyib tanlov

1 daqiqa o‘qish25 868 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Lifehacker nashri taqdim etgan navbatdagi retseptga ko‘ra, shokolad, tvorog hamda gilosning o‘zaro uyg‘unlikdagi ta’mi barchaga manzur kelishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • muzlatilgan yoki yangi gilos — 400 gramm;
  • qora yoki sutli shokolad — 200 gramm;
  • sariyog‘ — 120 gramm;
  • tuxum — 5 dona;
  • shakar — 150 gramm;
  • vanil — 1 osh qoshiq;
  • tvorog — 300 gramm;
  • un — 150 gramm;
  • qabartma — 1 choy qoshiq;
  • tuz — bir chimdim.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Agar gilos muzlatilgan bo‘lsa, muzdan eritiladi.
  2. Shokolad bo‘laklarga bo‘linadi va sariyog‘ bilan bir idishga solinadi.
  3. So‘ngra bug‘da eritiladi va silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  4. 3 ta tuxumni 50 gramm shakar, vanil va tuz bilan mikserda aralashtiriladi.
  5. Yana bir idishda tvorog, 2 ta tuxum va shakarning qolganini qo‘shib, aralashtiriladi.
  6. Shokoladli massani birinchi tuxumli aralashmaga qo‘shib, mikser qilinadi. Ustidan elangan un hamda qabartma solinadi va yana mikserda aralashtiriladi.
  7. Pishiriq varag‘i yog‘lanadi. Ustiga dastlab shokoladli xamirning bir qismi solinadi. Ustidan tvorogli massa solinadi va gilos terib chiqiladi. So‘ngra yana shu holat takrorlanadi.
  8. Shirinlik 180 daraja pechda 40-50 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!  Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar