Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lifehacker nashri brinza, ko‘kat hamda tovuq go‘shti ta’mini uyg‘unlashtirgan hazmi yengil salat retseptini taqdim etdi. Salat oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 1 dona;
  • brinza — 100-150 gramm;
  • pomidor — 3-4 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • ismaloq — 70-80 gramm;
  • zaytun moyi — 2-3 qoshiq;
  • italyancha ko‘katlar — 1/3 choy qoshiq;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tovuq filesi 20-25 daqiqa davomida qaynatib olinadi. Yoki tovada qizartirib qovuriladi.
  2. Go‘sht, brinza katta to‘rtburchak, piyoz halqa, pomidor kichikroq bo‘lak qilib to‘g‘raladi.
  3. Barcha masalliq ismaloq bilan birgalikda idishga solinadi.
  4. Tuz, murch, italyan ko‘katlari va yog‘ solib, yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Maxsus idishlarga solinib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi