Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tadbirkorning 500 dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shirkat rahbari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Ohangaron tumanidagi “G‘.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari M.S. shirkat hududida joriy ta’mirlash ishlarini bajargan “P.S.” MCHJ rahbari E.dan MCHJ hisob raqamiga amalga oshirilgan ishlar uchun shartnomaga asosan pul o‘tkazib berish evaziga 500 dollar talab qilib, shundan 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)