Rossiyaning “Dobrotsen” kompaniyasi O‘zbekistondagi do‘konlarini yopmoqda. Bu haqda “Daryo”ga do‘kon xodimlari ma’lum qildi.
Hozir tovarlar likvidatsiya qilinmoqda, — deb tushuntirishdi ular.
Yopilish sababi sifatida “Rossiyadagi noqulay sharoitlar” ko‘rsatilgan. Do‘konlar qayta ochilishi mumkin, ammo qachonligi noma’lum.
“Dobrotsen” — diskont formatidagi xalqaro do‘konlar tarmog‘i. Bu eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik uy-ro‘zg‘or buyumlarni arzon narxlarda taklif qilish formatidir.
Kompaniyaning O‘zbekistondagi birinchi do‘konlari 2021-yil oxirida ochilgan edi. 2022 yilning martiga qadar ular Toshkent, Qarshi, Buxoro va Marg‘ilonda bo‘lgan.
Avvalroq O‘zbekistondagi “Magnit kosmetik”ning birinchi do‘konlari qachon ochilishi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.