• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    ERIELL: Biz talabalardan malakali mutaxassislarni tayyorlaymiz

    Joriy yilning 26-iyuliga qadar I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining 3-kurs talabalari ERIELL Group obyektlarida o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladi.

    Gubkin universitetining talabalari bo‘lajak kasbning o‘ziga xos xususiyatlari bilan amalda tanishish imkoniyatidan 2017-yildan beri foydalanib kelmoqda. E’tiborli jihati, talabalar uchun haqiqiy burg‘ilash uskunasida amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi butun boshli tizim ishlab chiqilgan.

    Gap shundaki, burg‘ilash jarayoni amalga oshiriladigan sanoat uchastkalari xavfli ishlab chiqarish obyektlari toifasiga kiradi, ya’ni maxsus tayyorgarlik va malakaga ega bo‘lmagan shaxslar obyekt hududiga kiritilmaydi.

    Shuning uchun Gubkin universiteti talabalariga omad kulib boqqan deb aytish mumkin. O‘tgan yilning yozida ikkinchi kursdan so‘ng ushbu talabalar uchun kompaniyalar guruhi tomonidan “Qarshi” ishlab chiqarishni ta’minlash bazasi negizida ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilgan. Mashg‘ulotlar mutaxassislarni tayyorlash uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan va o‘zining o‘quv poligoniga ega ERIELL Prof Education korporativ o‘quv markazida o‘tkazilgan.

    Bir yil avval o‘quv amaliyotini muvaffaqiyatli tamomlagan va “burg‘ilovchi yordamchisi” ishchi kasbi bo‘yicha sertifikat olgan ikkinchi kurs talabalariga burg‘ilash uskunasida ishlash imkoniyati taqdim etildi. ERIELL Prof Education bir qator mutaxassisliklar bo‘yicha dars berish litsenziyasiga ega. ERIELL o‘quv markazi tomonidan ishchi kasbi bo‘yicha amaliyotchi talabalarni tayyorlash va imtihondan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari, so‘nggi yillardagi sanitariya-epidemiya holatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda burg‘ilash qurilmalaridagi og‘ir iqlim sharoiti, yozda kuzatilayotgan yuqori haroratlarni hisobga olib, talabalarni amaliyotga qabul qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va PZR test topshirishi talab qilindi. Kompaniyalar guruhi tomonidan universitet ma’muriyati bilan birgalikda tashkil etilgan, barcha bosqichlardan o‘tgandan keyingina amaliyotchilar o‘z kasbini haqiqiy sharoitlarda egallash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

    “Bir necha yillar davomida ta’lim muassasamiz va ERIELL Group o‘rtasida talabalar uchun amaliyot tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, neft va gaz quduqlarini burg‘ilash yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga quduqlarni burg‘ilash, qayta ishlash va o‘zlashtirish jarayonlarini kuzatish, ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish uchun ‘burg‘ilovchi yordamchisi’ ishchi kasbini o‘rganish imkoniyati taqdim etildi. O‘quvchilarning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashi ularning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, ko‘nikma va tajribalarini orttirishda qo‘l kelmoqda, bu esa o‘quv jarayoni sifati va saviyasini oshirishga xizmat qilmoqda”, – deya ta’kidladi I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali ijrochi direktori Abdulla Magrupov.

    Bu yil yozda 4 ta ERIELL ekspeditsiyasi – Surxondaryo, Qarshi, Buxoro va Gazli ekspeditsiyalari yosh neftchilarni qabul qildi. Bo‘lajak mutaxassislar orasida neft va gaz quduqlarini burg‘ilash, neft-gaz majmuasi tashkilotlari iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni boshqarish kabi yo‘nalishlar talabalarini ham uchratish mumkin.

    “Bizning hamkorligimiz 5 yildan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda va shu vaqt ichida ERIELL Group rahbariyati va Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti filiali o‘rtasida to‘liq kelishuvga erishildi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, amaliyot jarayonini tashkil etishning aniq mexanizmini yo‘lga qo‘yish katta tayyorgarlik ishlarini va jiddiy e’tiborni talab qiladi. Universitet tomonidan kurator tayinlandi, biz tomondan tajribali mutaxassislar talabalarga biriktirildi, mutaxassisliklar bo‘yicha batafsil amaliyot dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek, ularning yashashi va ovqatlanishi, hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, jumladan, sport bilan shug‘ullanishi, o‘zini kasbga tayyorlashi uchun barcha zarur sharoitlar belgilab berildi va tayyorlandi”, – dedi ERIELL Group vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Alim Yunusov.

    Talabalarning amaliyoti 29-iyun kuni mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, ichki tartib qoidalarining sohaga oid va korporativ talablarini o‘rganish, talabalar tomonidan ular qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirishdan boshlandi. Amaliyot davrida talabalar kombinezon va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlandi.

    Shuningdek, burg‘ilash uskunasida amaliyot o‘tayotgan barcha talabalar smena ishchilari bilan birga kunda ikki marta zarur bo‘lgan barcha jihozlarga ega tibbiyot markazlarida rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

    “Tashkil etilgan amaliyot o‘qishni tamomlaganimizdan so‘ng ERIELL Group kompaniyasida burg‘ilash bo‘yicha muhandis sifatida faoliyatimizni davom ettirish istagini kuchaytirdi”, – deydi shu kunlarda quduqlarni burg‘ilash jarayonini kuzatgan talabalar A. Rahimov va S. Hikmatovlar. Ular burg‘ilash eritmasini tayyorlashda ishtirok etishdi va burg‘ilash uskunasini o‘rganishdi.

    Kompaniyada amaliyot o‘tayotgan I. Qurbonov va S. Tohirov o‘z kelajagini burg‘ilash sohasi bilan bilan bo‘g‘lash va kelajakda kompaniyalar guruhida ishlash istagida. “Menga burg‘ilash brigadasining va biriktirilgan murabbiylarning do‘stona munosabati va e’tiborliligi juda yoqdi”, — dedi yigitlar.

    Boshqa ishtirokchilar, jumladan, A. Muxitdinov, E. Shevchenko, R. Bikchantayev, U. Karimovlar ushbu amaliyot ta’lim jarayonining muhim qismi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Yoshlarning fikriga ko‘ra, burg‘ilash uchastkasida o‘tkazilgan amaliyot kasbga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi.

    ERIELL Group va Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti filiali o‘rtasidagi hamkorlik davomida aniq bo‘ldiki, haqiqiy burg‘ilash sharoitida ishlash tajribasi talabalarni kasbga tayyorlash uchun muhim hisoblanadi, mehnat bozorida talab katta bo‘lgan va kerakli kasbni tanlaganini tushunishga yordam beradi. Mamlakatimiz neft va gaz sanoati bugungi kunda yetakchi mavqega ega va jadal rivojlanmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan neft va gaz yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish asosiga aylanmoqda, buning uchun mamlakatimizda innovatsion ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilmoqda. Demak, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

    Qo‘shimcha sifatida aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil oktabrda qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga buyurtmachilarni faol jalb etish nazarda tutilgan.

    Hujjatda asosiy e’tibor o‘quv jarayoniga tajribali amaliyotchilarni faol jalb etish, ishlab chiqarish infratuzilmasi va ta’limda amaliy misollardan keng foydalanishga qaratilgan bo‘lib, ushbu tamoyil ERIELL Group tomonidan talabalar uchun amaliyot tashkil etishda amalda tatbiq etiladi.

    Reklama huquqi asosida.

    26.07.2022, 12:00   Izoh (0)   25163
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isitish va issiq suv ta’minoti uchun muqobil texnologiya

    26.07.2022, 09:00

    Credit House bilan orzuingizdagi xonadonni 5 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov yoki ipoteka asosida xarid qiling

    25.07.2022, 09:00

    Mobiuz “Aloqada” loyihasini boshladi

    24.07.2022, 12:00

    “O‘zsanoatqurilishbank”: Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida 995 million dollarlik loyihalar moliyalashtirildi

    22.07.2022, 18:00

    Texnomart do‘konlaridan konditsioner xarid qiling va eng kamida 500 000 so‘m chegirmaga ega bo‘ling

    22.07.2022, 15:00

    Namangan viloyatida o‘tkazilgan InnoWeek–2022 innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasida qanday natijalarga erishildi?

    21.07.2022, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.