So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Reklama

    “O‘zsanoatqurilishbank”: Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida 995 million dollarlik loyihalar moliyalashtirildi

    22.07.2022, 18:00 18343

    Qurilish materiallari sanoatining innovatsion salohiyatini oshirishga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining muhim omili sifatida qaralayotgani katta natijalarga omil bo‘lmoqda. Bu borada mas’ul muassasalardan biri bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida qiymati 995 million dollarlik 181 ta loyiha moliyalashtirilib, 87 ta loyiha ishga tushirildi.

    Prezidentning 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga ko‘tarishning barcha tashkiliy-amaliy mexanizmlari belgilab berildi.

    Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirishga qaratilgan boshqaruv tizimi va manzilli strategiya ishlab chiqildi.

    “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan mazkur farmon asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, 14,4 trillion so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 1,9 trillion so‘mga oshdi. Shundan 459 milliard so‘mlik mahsulot mahalliylashtirish dasturi doirasida iste’molchilarga yetkazib berildi, shu yilga mo‘ljallangan tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ortig‘i bilan bajarildi. Bunda 560 million dollar hajmida xorijiy va mahalliy investitsiyalarning o‘zlashtirilganligi alohida ahamiyatga egadir.

    Ta’kidlash joiz, 2022-yilda sohada 1,8 milliard dollarlik (shu jumladan, loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari – 642 million dollar, bank krediti – 473 million dollar, xorijiy investitsiyalar – 708 million dollar) 420 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, tarmoq korxonalari tomonidan 27,6 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali 15 533 ta yangi ish o‘rnini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

    Shunga binoan, bugungi kunga qadar tijorat banklari bilan birgalikda qiymati 995 million dollarlik (o‘z mablag‘lari – 403 million dollar, bank krediti – 422 million dollar, xorijiy investitsiyalar – 170 million dollar) 181 ta loyiha moliyalashtirilib, 87 ta loyiha ishga tushirildi.

    Jumladan, Andijon viloyatida ish boshlagan “Vodiy Plast Pro” MChJning qiymati 3 million dollar bo‘lgan, yillik quvvati 50 ming metrlik truba mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, shu hududda 200 ta yangi ish o‘rnini tashkil etgan GSR Building Materials MCHJning qiymati 50 million dollarlik loyihasi (yillik quvvati 1 million tonnalik sement ishlab chiqarish) “Xalq banki”ning moliyaviy madadi bilan ishga tushirildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi “Qarshi Conch Cement” xususiy korxonasining qiymati 150 million dollarlik, yillik quvvati 1,2 million tonnaga teng sement ishlab chiqarish loyihasi ham istiqbolli loyihalar qatorida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.

    Yil yakuniga qadar banklar tomonidan yana 46 ta loyihaga 43,7 million dollar miqdorida kreditlar ajratilishi mo‘ljallangan. Bunda loyihalar mazmuni asosan sement (17,6 million tonna), qurilish oynasi (32 million kvadrat metr), keramik plitkalar (24 million kvadrat metr), gipsokarton (73 million kvadrat metr), gulqog‘oz (3 million o‘ram) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.

    Sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi tizimli islohotlar qurilish materiallari sanoatida eksport-import amaliyotlarining ham rivojiga hissa qo‘shmoqda.

    Xususan, joriy yilning birinchi yarmida tarmoqda mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmi 267 million dollarni tashkil etib, belgilangan reja ko‘rsatkichi 114,7 foizga bajarildi. Bu ko‘rsatkich qurilish materiallarini xorij bozoriga olib chiqish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,2 million dollar yoki 1,8 barobarga oshganligini bildiradi.

    Shuningdek, 277 million dollarlik qurilish materiallari import qilinib, mazkur amaliyotlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,5 million dollarga kamaygan.

    Ma’lumki, davlat rahbarining yuqoridagi farmoni bilan mamlakatimizning noruda minerallar xomashyo bazasini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida 24 ta tuman (shahar)ni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish, ushbu hududlarda zarur yer uchastkalarini ajratgan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida kichik sanoat zonalarini tashkil etish belgilangan.

    Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan tumanlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 150,9 million dollarlik (shundan bank krediti 89,6 million dollar) 58 ta loyihaning ro‘yxati shakllantirildi.

    Sariosiyo tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha dastlabki qurilish ishlari boshlab yuborildi. Joriy yil yakuniga qadar qolgan 7 ta tumanda hududiy hokimliklar bilan birgalikda industrial zonalar tashkil etish ishlari davom ettiriladi.

    Ayni paytda qurilish materiallari sohasini rivojlantirishdagi sa’y-harakatlar “Tadbirkorlar maktabi” faoliyati misolida ham qizg‘in tus olgan. “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu markazda tinglovchilar malakasini baholash hamda milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy etilgan.

    Turkiyaning Maltepe universiteti bilan birgalikda yiliga 400 nafar soha vakilini o‘qitish belgilab olingan. Markazda o‘tgan o‘quv mavsumlarida jami 140 nafarga yaqin keng jamoatchilik vakillari o‘z bilim va malakalarini oshirib, maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi.

    Hozirda “Tadbirkorlar maktabi”da sakkizinchi mavsum uchun qabul e’lon qilingan.

    Reklama huquqi asosida.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

    Bugun, 08:27

    Navoiy viloyatidagi sport majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    Bugun, 08:02

    La Liga. Serxio Ramosning avtogoli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi

    Bugun, 02:09

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 00:28

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi?

    Kecha, 23:59

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining qurilishi qoldirilgani aytilmoqda

    Kecha, 23:40

    “Yo Xudo!.. Quti ichida nima bor?..” — “Yetti” filmi haqida

    Kecha, 23:35

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Xanchjou—2022. O‘zbekistonlik qilichbozlardan tarixiy g‘alaba, gandbolchilar guruhdagi so‘nggi o‘yinida zafar quchdi, Lazizbek Mullajonov musobaqani tark etdi

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonda yoshlar yetakchilariga qancha maosh to‘lanadi? Yoshlar yetakchisiga doir maʼlumot taqdim etildi

    Kecha, 23:00

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi (foto)

    13:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.