Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mehmonxona kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,16 gektar. Binoning maydoni — 1423 kvadrat metr. Binoda suv, elektr, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joylashtirilgan.
Auksionga qo‘yilgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi — 13,9 mlrd so‘m. Arizalar 22-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi ko‘p qavatli uy MIB tomonidan 14 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)