• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Toshkent aeroportida taksi va boshqa xizmatlar uchun joylar ijarasi auksionga qo‘yildi

    Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi Toshkent aeroportida joy ijarasi uchun “E-auksion” saytida bir nechta lotlarni joylashtirdi. 

    Foto: “E-auksion”

    Foto: “E-auksion”

    Ular orasida umumiy ovqatlanish va chakana savdo shoxobchalari, savdo avtomatlari va taksi xizmatlari uchun joylar mavjud. 

    Ijara maydonlarining aksariyati hozirda rekonstruksiya qilinayotgan uchib ketish zalining chap tomonida joylashgan.

    Hozirda auksion uchun o‘nta lot qo‘yilgan. Uchib ketish zali va pochta-yuk kompleksida savdo avtomatlarini joylashtirish uchun joy ijaraga beriladi. 

    2 kvadrat metr maydonga uchta savdo avtomati (qahva/sneklar/ichimliklar) joylashtiriladi. Lotning boshlang‘ich summasi yiliga 28,8 mln so‘m.

    Umumiy ovqatlanish punktini tashkil qilish uchun aeroport uchta joyni taklif etadi — ikkitasi jo‘nash terminalining “steril” zonasida va bittasi estakada ostidagi maydon — hozirgi JUM kafesi. 

    Kafe-bar uchun uchib ketish zalida 25 kvadrat metr va 80 kvadrat metr maydonlar, to‘liq oshxona tashkil qilish imkoniyatisiz, ijaraga beriladi. 

    O‘rnatilgan talablarga muvofiq, ijarachi kompaniya umumiy ovqatlanish sohasida tajribaga ega va taniqli brend bo‘lish bilan birga, TripAdvisor ma’lumotlariga ko‘ra Toshkentdagi eng yaxshi 10 ta umumiy ovqatlanish brendlari qatorida bo‘lishi lozim. 

    Birinchi joyda bir kvadrat metrning boshlang‘ich qiymati 785 ming so‘m, ikkinchi joyda 390 ming so‘mni tashkil etadi. 

    Shuningdek, uzoq yillardan buyon JUM brendi ostida faoliyat yuritib kelayotgan kafe uchun ijarachi qidirilmoqda. 

    Foto: “E-auksion”

    Foto: “E-auksion”

    Restoranda to‘liq faoliyat olib boruvchi oshxona mavjud. Umumiy maydoni 217 kvadrat metr bo‘lgan obyektning yillik boshlang‘ich qiymati 586,5 mln so‘mni tashkil etadi.

    Uchib kelish zalida taksi xizmati uchun peshtaxta va ofis xonasi ham savdoga qo‘yilgan. 

    Ariza beruvchi kompaniya uch yildan ortiq bo‘lmagan benzinli avtomashinalar parkiga, shuningdek, kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan haydovchilar tarkibiga ega bo‘lishi kerak. 

    Terminal oldidagi birinchi qatorda har doim kamida beshta mashina bo‘lishi lozim. Lotning yillik boshlang‘ich bahosi – 188,82 mln so‘m.

     

    Barcha lotlar uchun batafsil texnik topshiriqlar belgilangan bo‘lib, barcha talabgor kompaniyalar ularga rioya qilishlari lozim. Aks holda, ijaraga beruvchi, kim oshdi savdosi yakunida g‘olib bo‘lgan kompaniya bilan shartnoma tuzishni rad etishga haqli. 

    Bundan tashqari, ijarachi kompaniyalar offshor zonalarda bank hisob raqamlariga (bu ularning ta’sischilariga ham tegishli), shuningdek soliq qarzlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim. 

    Ijarachilarga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich narxlar “E-auksion” veb-saytida har bir lot bo‘yicha mavjud. 

    Lotlarda, kimoshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, auksion davomida kamida 10 foizga oshishi mumkin bo‘lgan boshlang‘ich yillik summalar ko‘rsatilgan.

    22.07.2022, 13:10   Izoh (0)   7784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors Rossiya va Shveysariya banklari o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘ldi

    22.07.2022, 12:58

    Shamol energiyasidan xavfsizroq: atom elektr energiya stansiyalari qanchalik foydali?

    21.07.2022, 23:34

    O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olmoqda

    21.07.2022, 22:09

    Osiyo davlatlari qish uchun gaz sotib olish jarayonini tezlashtirmoqda

    21.07.2022, 18:25

    Birjada bitimlar ko‘paydi, kompaniyalar faolligi kamaydi: O‘zbekistonda iyun oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi qanday bo‘ldi?

    21.07.2022, 16:24

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uy MIB tomonidan 14 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    21.07.2022, 16:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash fonida Toshkentda yirik maxfiy sex va omborlar fosh qilindi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 19:05

    Bitta bolaga maktab bozori uchun qancha pul sarflanyapti?

    Ta’lim | 18 avgust, 18:55

    Nemis siyosatchilari Ukrainaga xavfsizlik kafolati sulhdan keyin berilishi kerak deb hisoblamoqda

    Dunyo | 18 avgust, 18:47

    AQSHda ayol organlarini ko‘chirishga bir daqiqa qolganda komadan chiqdi

    Dunyo | 18 avgust, 18:30

    O‘zbekistonda Singapur modeli asosida iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 18 avgust, 18:15

    Tadbirkorlarning uchdan bir qismida biznes faoliyati yaxshilangan — tadqiqot

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 18:00

    Olimpiya shaharchasida barcha sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:46

    Nigeriyada qayiq ag‘darilib ketdi: 50 dan ortiq yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 18 avgust, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.