Toshkent viloyati Parkent tumanida Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan “jihodchilar” terroristik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgan va Suriyadagi jangarilar, jihodchilar terroristik oqimi safiga qo‘shilishni maqsad qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Xususan, Sh.A. (1998-yilda tug‘ilgan) Telegram messenjeridagi profili orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu shaxs jihod qilish va Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Turkiya davlati orqali Suriya davlatiga chiqib ketishi oldidan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)