Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori ustidan sud hukmi o‘qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

2022-yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Qo‘qon shahrida istiqomat qilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori, 1979-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan Meliqo‘ziyev Aziz Rustamovichning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, A.Meliqo‘ziyev muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borganligi uchun 2000–2004 va 2007–2013-yillarda jazo muddatini o‘tab chiqqan.

Biroq, u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay jinoiy faoliyatini tiklab, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Azam Shodmonov” nomli profili orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, virtual do‘stlariga “Hizb ut-Tahrir” DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

A.Meliqo‘ziyevning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir” DETning g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lgan, O‘zbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aynalib qolishlariga sababchi bo‘layotgan “Mahmud Abdulmo‘min” taxallusli 1980-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

2022-yilning iyul oyida A.Meliqo‘ziyevning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi