Toshkent shahri Chilonzor tumanida qurilishi bitmagan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 18:21 da Chilonzor tumani Al-Xorazmiy ko‘chasi 63-uyda joylashgan qurilishi yakunlanmagan oshxonada yong‘in yuzaga kelgani bo‘yicha Toshkent shahar FVB 5 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb etilgan. Yong‘in oqibatida binoning ichki va tom qismi 200 kvadrat metr yonib zararlangan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan hamda 18:49 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘inda jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Izoh (0)