“Barselona”ni tark etgan himoyachi Dani Alves faoliyatini Meksika chempionatida davom ettiradi.
Braziliya terma jamoasi futbolchisi “Pumas”ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Alves jamoa bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi.
Dani pulning bir qismini maosh ko‘rinishida olsa, qolgan qismi homiylar bilan o‘zaro munosabatlar, tijoriy hamkorliklardan keladigan daromadlarga qarab o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik himoyachi 2008-yildan 2016-yilga qadar kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan edi. 2022-yil yanvar oyida erkin agent sifatida jamoaga kelib qo‘shilgandi. Iyun oyida esa jamoa futbolchi bilan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qilgach, erkin agent sifatida klubni tark etdi.
39 yoshli Dani 2021/22-yilgi mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Izoh (0)