Markaziy bank 2022-yil uchun O’zbekistonning rivojlanish prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Unga ko‘ra, yil yakuni bo‘yicha YIMning o‘sishi 5-5,5 foiz atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Aprel oyida bu 3,5-4,5 foiz atrofida prognoz qilingan edi.
O‘zgarishning asosiy sababi — iqtisodiyotda mavjud zaxiralar va yalpi talablar.
Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Taqqoslash uchun, avval bu prognoz 14 foiz atrofida edi.
Bunda yuzaga kelayotgan inflyatsion jarayonlar, tartibga solinadigan narxlar oshirilishining keyinga qoldirilishi bilan bir qatorda mavjud noaniqliklar va xatarlarni inobatga olingan.
Avvalroq O‘zbekistonda asosiy stavka 15 foizgacha tushirilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)