Iyun oyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 19,2 million dollarni tashkil qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Taqqoslash uchun, may oyida u 9,9 million dollarni tashkil qilgan edi.
Savdo jonlanganiga qaramay, umumiy hajm o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,9 million dollarga kam.
Natijada Ukraina O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida 19-o‘rinni egalladi.
Bularning barchasini Rossiyaning Ukrainaga fevral oyi oxiridan beri davom etayotgan harbiy harakatlari bilan izohlasa bo‘ladi.
Urush boshlangunga qadar Ukraina O‘zbekistondan, asosan, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari, azotli va kaliyli o‘g‘itlar, etilen polimerlari, rux xomashyosi va avtomobil xarid qilgan.
Avvalroq Ukrainadagi urush O‘zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)