• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xalq qancha kambag‘allashsa, iste’mol kreditlari hajmi shuncha ortaveradi” –  iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov “Daryo” nashriga intervyu berib, bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan pul-kredit siyosati borasida fikrlarini bildirdi.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    Markaziy bank olib borayotgan pul-kredit siyosatining yutuq va kamchiliklari nimalardan iborat deb hisoblaysiz?

    Bugungi pul-kredit siyosatining 2 ta yaxshi xususiyati bor. Bular asosan, moliyaviy stabilikka qaratilgan bo‘lib, birinchisi – inflyatsiya darajasini kamaytirish maqsad qilingan va mazkur sohada yaxshi yutuqlarga erishilgan. Ikkinchisi, moliyaviy siyosat tufayli o‘zbek so‘mi bilan boshqa valyutalarning almashuv kursi ancha stabil. Ya’ni o‘zbek so‘mining kursi stabil. Bu ikkita katta yutuq.

    Lekin bu yutuqlarning orqa tomoni umumiy talabni qisqartirishga olib kelgan. Chunki aylanma mablag‘lar Markaziy bank tomonidan turli instrumentlar orqali tortib olinyapti. Bizning iqtisodiyotimizda aylanadigan pullar miqdori iqtisodiyotning hajmiga nisbatan yildan yilga kamayib bormoqda. Natijada iqtisodiy o‘sishga hech qanday imkoniyat bo‘lmayapti. Ya’ni umumiy pul massasini, ayniqsa, aylanma mablag‘lar massasini kamaytirish hisobiga umumiy so‘rov juda ham tushib ketgan. So‘rov bo‘lmagandan, tovar almashinuvi kamaygandan keyin inflyatsiya ham pasayadi. Chunki oldi-sotdi bo‘lmagach, hamma o‘zini minimal foydasi bilan, ba’zan esa zararga sotishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun Markaziy bankning siyosatida biz uchun iqtisodiy o‘sish muhimroqmi yoki iqtisodiy stabillikmi degan masalani aniq belgilab olishimiz kerak.

    Iqtisodiy stabillik o‘sish mexanizmlari avtomatik tarzda ishlaydigan va hech qanaqa davlat aralashuvisiz ham o‘zini o‘zi ta’minlaydigan drayverlar bo‘lganida muhim bo‘lardi. Lekin bizda unday emas, ya’ni o‘sish mexanizmlari umuman yo‘q, hali yuzaga ham kelmagan. Demak, avtomatik tarzda hech qachon ishlay olmaydi. Davlat aralashsa aralashmasa, falon falon sohalar o‘zidan o‘zi o‘saveradi, o‘zini o‘zi ta’minlaydi, umumiy talab o‘sib boradi, deb aytadigan biror sohamiz yo‘q. Shuning uchun bu borada juda katta kamchiliklar bor.

    Men doim aytib kelganman va yana takrorlayman, biz uchun hozir eng muhimi iqtisodiy o‘sish masalasi. Umuman, iqtisodiy blokning butun siyosati iqtisodiy o‘sishni stimullashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Buni qanday omillari bor?

    Birinchidan, bu ko‘proq davlat tomonidan iqtisodiy rivojlantirishga beriladigan mablag‘larni ko‘paytirishga qaratilgan bo‘ladi.

    Ikkinchidan, davlat budjeti xarajatlari keskin kamaytirilgan bo‘lishi kerak.

    Uchinchidan, kichik va o‘rta biznes uchun beriladigan kreditlar hajmi ko‘proq bo‘lishi lozim. Soliq va kredit stavkalari kam bo‘lishi zarur. Bu sohada Markaziy bank hech narsa qilmayapti. Aksincha, so‘mning kredit stavkalarini sun’iy darajada juda ham ko‘ratib qo‘ygan.

    O‘zbekistondagi kredit olish va berish tizimi qanday ishlaydi? Bu yo‘nalishdagi siyosatning natijalari to‘g‘risida nima deyish mumkin?

    Markaziy bank kredit olish uchun qo‘yiladigan garov, kreditni olish va maqsadli ishlatish shartlari bo‘yicha juda qattiq talablar qo‘ygan. Ularni bajarish uchun banklar turli nayranglarni o‘ylab topishga majbur. Masalan, kredit olish uchun 2-3 ta kafolatli tashkilot bo‘lishi kerak. Siz bevosita baholab kelgan ko‘chmas mulk narxini bank o‘zi baholaydi. Axir bu qonunga zid ishku! Ya’ni bank o‘ziga baholash funksiyasini olyapti. O‘zi baholab, o‘zi garovga olyapti. Bu juda noto‘g‘ri.

    Markaziy bank tijorat banklariga shunday siyosat qo‘yganki, “kredit qancha kam bersang, shuncha yaxshi. Undan ko‘ra, kreditdan topadigan daromadingni bizga o‘tkaz, biz senga depozit beramiz, obligatsiyalar sotamiz, shuni hisobiga daromadingni qilib o‘tiraverasan”, deydi. Shuning uchun tijorat banklari kredit berishga shoshmaydi ham, mijozlarni qidirmaydi ham. Kredit so‘rab kelgan odamlarni ovorayu sarson qilib, 2-3 oy ezadi, ko‘p hujjatlar so‘raydi. Kredit berganda ham shunday og‘ir shartlarda beradiki, uni qaytarib berishning imkoniyati ham bo‘lmay qoladi. Duch kelgan bankka borib, kredit olish uchun qanday hujjatlar tayyorlash kerak desangiz, 20 tadan ortiq hujjat olib kelishni aytadi. Shuncha hujjatni berganingizdan keyin yana 20 tadan ortiq hujjat so‘raydi. Chunki sizga garovga berilayotgan mulkning egasi ham rozilik berishi, agar u oilali inson bo‘lsa, uning eri yoki xotini ham rozilik berishi kerak bo‘ladi. Xullas kredit olish va berish jarayoni shunchalik byurokratiya va murakkablashtirilganki, hech kimning olgisi ham kelmaydi. Bular bilan qilinayotgan ishlar juda og‘ir. Shuning uchun ham jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olishi uchun berilgan iste’mol kreditlari qaytarilmayapti. Chunki avtomobilni sotib olgan odam, undan daromad ola olmaydi. Buyoqdagi daromadi yaxshi bo‘lmagani uchun avtomobilni ham zarariga sotib, bankni kreditini ham qaytara olmay yurgan insonlar juda ko‘p. Umuman olganda, iste’mol krediti sohasida qancha ko‘p kredit berilgan bo‘lsa, o‘sha yerda risklar katta. Haqiqiy tijorat kreditini berish banklarda yo‘lga qo‘yilmagan. Istamaydi ham. Chunki ular Markaziy bankka berayotgan depozitlari, Markaziy bankdan olayotgan obligatsiyalari hisobiga yashab yuribdi. U obligatsiyalar 17 foiz daromad keltiradi. Shu ham yetadi ularga. Chunki hech qanaqa risk qilmaydi. Markaziy bank “bu tijorat banklarining ishi, biz unga aralashmaymiz”, degani bilan hammasi uning og‘zaki va yozma ko‘rsatmalariga borib taqaladi. Tijorat kreditlarini esa 23-24 foizdan beradi. Umuman, Markaziy bankning ikki yoqlama siyosati iqtisodiyotni bo‘g‘ib tashlagan. Bu juda ham yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham kichik va o‘rta biznesda ahvol juda og‘ir.

    Kichik va o‘rta biznes uchun tijorat krediti foizlari chindan yuqori. Aholi uchun iste’mol kreditlari ham huddi shunday baland foizlarda beriladi. Lekin nega yuqori foizlarda bo‘lsa-da kredit olish murakkab?

    O‘zbekistonda 2019-yilda soliq islohoti qilindi. Kichik va o‘rta biznes ham asosan aylanma soliqlar to‘laydigan bo‘ldi. Ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar. Bu oxir oqibatda kichik va o‘rta biznes mahsulotlariga bo‘lgan talabni kamayishiga olib keldi. Talabning kamayishi sotish qobiliyati va oqibatda iqtisodiy qobiliyat torayishiga olib keldi. Natijada aylanma soliqlar ularning birdaniga “oborot” mablag‘larini yeb qo‘ydi. Endi o‘sha “oborot” mablag‘larini tiklash uchun tijorat banklaridan kredit olaman desa, uning ham chorasi yo‘q. Hullas, hamma yoq bankrot bo‘lib, kecha kichik biznes qilib yurganlar, bugun ko‘chada mardikorlik qilib yuribdi.

    Markaziy bankka kichik va o‘rta biznesning keragi yo‘q. Ular iqtisodiy stabillik bo‘lsa, chet eldan kreditlar ko‘p keladi deb, shunga ko‘proq urg‘u beradi. Natijada xorijdan ko‘proq kreditlar oladi. Bu umuman noto‘g‘ri iqtisodiy siyosatdir. O‘zi kredit bermaydida, chet el kreditlarini bemalol olib ishlatishga harakat qiladi. Bu butun mamlakatni parokanda qilish bilan barobarku!

    Kichik tadbirkorlarga tijorat kreditlari berish imkoniyati bo‘magandan keyin, ularning hammasi fuqaro sifatida iste’mol krediti olishga harakat qilyapti. Banklar avtomobil va boshqa narsalarga, sayohat yoki to‘ylarga ham kredit berishadi. Endi bular “yeb ketar” pullar bo‘lgani uchun, (o‘z nomi bilan iste’mol krediti) asosiy daromadi bo‘lmagandan keyin, qaytib kelmayapti. Aynan shu iste’mol kreditlari bo‘yicha banklarga qaytmayotgan yoki qaytish imkoniyati kam bo‘lgan kreditlar hajmi va soni oshib ketyapti. Aholi kambag‘allashganining eng katta ko‘rinishi, bu banklarda iste’mol kreditlarining o‘sayotgani bo‘ladi. Chunki olgan daromadiga umid qilib, bir amallab kredit olyaptiku, lekin kreditni qaytib berish imkoniyati bo‘lmayapti. Mana shu bizning pul-kredit sohasida erishayotgan “yutuq”larimiz bo‘ladi. Xalq qancha kambag‘allashsa, shuncha ko‘p iste’mol kreditlari hajmi shuncha ortaveradi. Va ularning ichida qaytib kelmaydigan kreditlar ulushi o‘sib boraveradi.

    Umuman olganda, iqtisodiy rivojlanish uchun qaysi jihatlarga ko‘proq urg‘u berish kerak? Iqtisodchi sifatida qanday takliflar bergan bo‘lardingiz?

    Birinchidan, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan narx-navoning shakllanishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish kerak.

    Ikkinchidan, byudjetdan aholining eng yordamga muhtoj qatlamlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirish lozim. Hozir aholiga yordam berilmasa, bo‘lmaydi.

    Uchinchidan, banklarda 2 va undan ortiq yildan beri to‘lanmay kelgan qarzlar bo‘yicha rezervlar tashkil qilib, aholining o‘sha qarzlaridan kechib yuborish kerak. U pullar baribir kelmaydi. U qarzlardan umid yo‘q.

    Eng muhimi kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha jiddiy holda bir qator hukumat tadbirlarini ishlab chiqish kerak. Haligi, tovuqchilik, parrandachilik deb, alohida alohida sektorlar bo‘yicha emas, umumiy bitta yo‘nalish bo‘yicha hamma tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan tadbirlarni ishlab chiqish zarur.

    Bularning orasida eng muhimi – soliq stavkalarini qayta ko‘rib chiqish. Ya’ni birinchi navbatda umumiy soliqqa o‘tish darajasini 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga ko‘paytirish kerak. Keyingi navbatda umummillat doirasida katta bir investitsion fond tashkil qilish lozim. Masalan, uning hisobida 100 trln so‘m mablag‘ bo‘lsin. Ana shu fonddan banklarga juda past foizlarda va uzoq muddatga kreditlar ajratish kerak. Masalan, so‘mda 5-6 foizga va uzoq muddatga, aytaylik 10-15 yilga berish mumkin. Keyin Markaziy bank o‘zining siyosatini o‘zgartirishi kerak. Turli depozitlar, obligatsiyalar sotib, banklarning pulini tortib olayotgan holatlarini yo‘qotishi lozim. Markaziy bank naqd pulni cheklashi kerak emas. Ammo u naqd pulni cheklab yotibdi. Narx-navo oshishi hammasi mana shuning orqasidan bo‘lyapti.

    18.07.2022, 08:21   Izoh (0)   29505
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

     “Tolibon” Afg‘onistondan O‘zbekistonga snaryad otganlarni qo‘lga olib, jazolashini bildirgani yaxshi yangilik – siyosatshunos

    18.07.2022, 08:10

    O‘zbekiston va dunyoning qaysi hududlarida maksimal issiq havo kuzatilgani ma’lum bo‘ldi

    18.07.2022, 00:38

    Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

    17.07.2022, 23:32

    Jizzaxda maktab qurilishini tendersiz olib berish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    17.07.2022, 23:11

    Toshkentdan Rossiya shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi

    17.07.2022, 22:52

    “Metan gaz narxlari ko‘tarilganicha yo‘q, biroq sezilarli tafovutlar bor”. “Daryo” muxbirlari gaz quyish shoxobchalaridagi narx-navoni o‘rgandi

    17.07.2022, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44

    “Ota-onalik — bolaligingda yoningda ko‘rishni istagan katta odam bo‘lish imkoniyatidir”. Milliarderlar farzandlarini qanday tarbiylaydi?

    Layfstayl | 3 iyun, 13:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.