• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Metan gaz narxlari ko‘tarilganicha yo‘q, biroq sezilarli tafovutlar bor”. “Daryo” muxbirlari gaz quyish shoxobchalaridagi narx-navoni o‘rgandi

    Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14-iyuldagi qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandi. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim gaz quyish shoxobchalarida 15-iyuldan boshlab metan narxi oshirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

    “Daryo” muxbirlari hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida bo‘lib, narx-navo bilan bog‘liq holatni o‘rgandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Namangan

    Namangandagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) narx-navo o‘zgargani yo‘q. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Namangan shahridagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining ayrimlarida 2700 so‘m narx belgilangan. Shu bilan birga, 2600 so‘m va 2800 so‘mdan sotayotganlari ham bor. Bu shoxobchaning joylashgan o‘rni va tadbirkorlik subyektlarining narx siyosatiga bog‘liq.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Shu haqdagi gap-so‘zlar paydo bo‘lganidan so‘ng o‘zim bir qancha shoxobchalarga borib keldim. Tumanlar bilan bog‘lanib, narx-navo bilan qiziqdim. Holat o‘zgarmagan, shoxobchalarda 2600—2800 so‘m atrofida gaz to‘ldirishyapti”, — deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktorining birinchi o‘rinbosari O‘tkirbek Mamadaliyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lumot uchun, bugungi kunda Namangan shahrida 27 ta, viloyat bo‘yicha esa jami 115 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Buxoro

    “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati rahbarining “Daryo”ga bildirishicha, viloyat bo‘yicha jami 73 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi mavjud bo‘lib, hammasi to‘liq faoliyat olib bormoqda. Mazkur AGTKSHlarida narxlar bir xil, ya’ni 1 kub gaz 2600 so‘mdan sotilmoqda.

    Foto: Jasur Jamolov

    Foto: Jasur Jamolov

    Viloyatda metan gaz tanqisligi kuzatilmagan, lekin benzin yetishmovchiligi mavjud.

    “Viloyatning Buxoro shahridan boshqa hududlarida benzin sotilmayapti. Buxoro shahridagi shoxobchalardan biridan bugun 5 litr A-80 benzini xarid qildim. Benzini sifatsiz chiqdi. Avtomashinamning yurishida muammolar tug‘ildi. Majburlikdan metan gaz quydim. Narxi o‘zgarmagan, 2600 so‘mdan oldim”,— deydi kogonlik Avaz Ahmedov.

    Foto: Nodir Vohidov

    Foto: Nodir Vohidov

    Hayot Davlatov esa bir necha kundan buyon shaxsiy avtomobilidan foydalanmayotganini bildirgan.

    “A-91 benzini yo‘qligi bois ishga taksida qatnayapman. Avtomobilim rusumiga na A-80, na metan gaz to‘g‘ri keladi”,— deydi u.

    Andijon

    “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulovning ma’lum qilishicha, Andijon viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 2800 so‘mdan sotilishda davom etmoqda.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan gaz narxi 15-iyuldan oshishi kerak edi. Ammo belgilangan muddat yaqin qolganda oshirmaslik tavsiya etilib, qaror ijrosini ta’minlash to‘xtatildi. Ayni paytda bizning shoxobchamizdagi narx o‘zgarmasdan 2800 so‘m holatda qolmoqda”, — deydi ismini aytishni istamagan gaz quyish shoxobchalaridan birining ish boshqaruvchisi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Shu bilan birga, Andijon—Xonobod avtomobil yo‘lida gaz quyish shoxobchalarining ayrimlari aksiya o‘tkazishni boshlashgan. Ushbu shoxobchalarda metan narxi 2300 so‘mgacha tushirilgan.

    Farg‘ona

    “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbirining bildirishicha, viloyatda metan gaz narxlari o‘zgarmagan, faqat joylashgan hududlariga qarab farqlar mavjud. Ayni paytda viloyatdagi shoxobchalarda narx 2300 so‘mdan 2600 so‘mgacha belgilanganini kuzatish mumkin.

    Qoraqalpog‘iston

    Qoraqalpog‘istonda ham shunday manzarani ko‘rish mumkin. Bu yerdagi metan gaz quyish shoxobchalarida narx ko‘tarilmagan, biroq hududlarda turlicha narx belgilangan. Aytaylik, To‘rtko‘l tumanidagi shoxobchalarida 1 kub metr metan gaz 2200—2400 so‘m bo‘lsa, Amudaryoda 2400—2500, Nukus shahrida 2500—2600, Qo‘ng‘irotda esa 2500—2700 so‘mdan iborat.

    Ma’lumot uchun, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mutasaddilarining bildirishicha, metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilmoqda va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘riladi.

    Mavzuga doir:

    • Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q. Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalarida narxlar oshgani haqida
    • Metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirgan gaz quyish shoxobchalariga chora ko‘riladi — Antimonopoliya qo‘mitasi

    17.07.2022, 22:10   Izoh (0)   56524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga yana raketa hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

    17.07.2022, 21:51

    O‘zbekistonlik 64,1 ming fuqaro iyun oyida xorijga dam olish maqsadida chiqqan

    17.07.2022, 21:09

    O‘zbekistonda anomal issiq ob-havo sabab poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi

    17.07.2022, 20:48

    Qashqadaryoda maktab direktori va o‘qituvchi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi (video)

    17.07.2022, 20:26

    Toshkent ko‘chalarini yoritishga 136,3 ming dona uskunadan foydalaniladi

    17.07.2022, 19:55

    Mutaxassis O‘zbekistonda kuzatilayotgan jaziramada oftob urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    17.07.2022, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.