• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Umid chirog‘i”: Nega Ukraina donining blokadasi dunyodagi ocharchilikning asosiy omili emas?

    Ayni paytda oziq-ovqat narxlari ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda. Forbes nashri ochlik faqat Ukraina donining blokadasi tufayli emasligini tahlil qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina g‘allasini eksport qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijalarini ta’riflab berdi: 

    Global inqirozlar soyasida qolgan dunyoda bugun bizda nihoyat umid nuri bor. Dunyo bo‘ylab insonlar azobini yengillashtirish va ochlikni kamaytirish uchun umid chirog‘i. Rivojlanayotgan mamlakatlar va aholining eng zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun umid chirog‘i. Global oziq-ovqat tizimiga juda zarur barqarorlikni olib keladigan umid chirog‘i.

    13-iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida yakuniy qarorlar qabul qilinmadi. 

    Ukraina va Rossiya delegatsiyalari kelasi hafta Turkiyada yana uchrashib, amalga oshirilgan ishlar natijalariga doir hujjat imzolashni rejalashtirmoqda. 

     

    Ayni paytda hisobotlarga ko‘ra, tomonlar Istanbulda muvofiqlashtirish markazi tashkil etishga kelishib oldi va xavfsiz tranzit hamda portlarda tekshiruvlar tafsilotlarini muhokama qildi.

    Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi urushi don, o‘simlik moylari, yoqilg‘i va o‘g‘itlar narxining sezilarli darajada oshishiga, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab yetkazib berish zanjirlari bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib keldi.

    Rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan import qilinadigan donning muhim qismi Ukrainadan keladi, ammo Rossiya Qora dengiz portlarini, jumladan, eng muhim transport markazi — Odessani to‘sib qo‘ydi.

    Rossiya har doim Ukraina don eksportini blokadaga aloqadorligini rad etib keladi. 

    Biz Ukraina donining eksportiga to‘sqinlik qilmayapmiz. Ukraina harbiylari o‘z portlariga yaqinlashish yo‘llarini minalashdi. Hech kim ularni minalardan tozalashga va u yerdan donli kemalarni olib chiqishga to‘sqinlik qilmayapti. Biz xavfsizlikni kafolatlaymiz, — degan edi Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oyi oxirida. 

    Wall Street Journal manbalariga tayanib, Ukraina allaqachon don eksporti uchun Qora dengizdagi portlar va ularga yaqinlashishlarni qisman tozalashga rozi bo‘lganini yozgan.

    Ukrainada qancha don qolib ketgan

    Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lib, AQSH Qishloq xo‘jaligi departamentining so‘roviga ko‘ra, jahon bozoriga don va moyli o‘simliklar yetkazib berishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

     

    Agentlik Ukrainaning 2021-yil kalendar yilida makkajo‘xori eksportini 5,9 mlrd dollar, bug‘doy 5,1 mlrd dollar (mamlakat ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi o‘rinda), kungaboqar yog‘i 6,1 mlrd dollar (Ukraina jahon eksportining yarmini ta’minlaydi) deb baholamoqda.

    Umuman olganda, 2021-yil 1-iyuldan 2022-yil 30-iyungacha bo‘lgan mavsumda Ukrainaning don eksporti 48,5 mln tonnani tashkil etdi, shundan 18,7 million tonna bug‘doy va 23,5 million tonna makkajo‘xori bo‘ldi. 

    Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Ukrainada 5 mln tonnaga yaqin don bor. 

    Agar biz dunyodagi ishlab chiqarish hajmini — 800 mln tonnani hisobga oladigan bo‘lsak, bu jahon bozorlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdor ekanligini tushunamiz, — deydi Putin.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iyun oyida mamlakatda qariyb 25 mln tonna g‘alla to‘sib qo‘yilgani, kuzga kelib bu 75 mln tonnaga yetishi mumkinligini aytgan edi.

    Reuters Ukrainada qolib ketgan don hajmini 20 mln tonnaga baholamoqda.

    Tahlilchilar esa Ukrainda 16-18 mln tonna atrofida don bor ekanligini aytishmoqda. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Nega dunyo och qolmoqda

    Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning global oziq-ovqat inqiroziga ta’siri bo‘rttirilgan, deb hisoblaydi ekspertlar. 

    2021/2022-yilgi mavsumda Ukrainadan eksport qilinmagan bug‘doy hajmi jahon eksportining atigi 3,3 foizini tashkil etdi, bu oziq-ovqat inqirozi va dunyo ochligini keltirib chiqarish uchun yetarli emas, — deb ta’kidlaydi “Otkritiye Broker” kompaniyasi vakili.

    Dunyoda och odamlar soni o‘tgan yillarda o‘sgan va bu yil ularning soni, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, birinchi yarim yillikda kuzatilgan oziq-ovqat narxlarining yangi bosqichi tufayli 20-50 millionga oshadi. 

    So‘nggi oylarda g‘alla narxi ham pasaymoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) oziq-ovqat narxlari indeksi ketma-ket uch oy davomida pasayib bormoqda va bundan keyin ham pasayish ehtimoli juda katta.

     

    Ha, Ukraina jahon bozorida juda muhim o‘yinchidir, ammo dunyoda kuzatilayotgan qiyinchiliklarning sabablari nafaqat Ukraina bilan, balki boshqa omillar bilan, xususan, jahon bozoridagi muammolar bilan ham bog‘liq. 

    2020 va 2021-yillarda rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklari kovidning iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurash doirasida yillar davomida o‘z mamlakatlarida iqtisodiy faollik va turmush darajasini qandaydir tarzda saqlab qolish uchun ta’minlanmagan pullarni muomalaga chiqarishni boshlagan.

    Bu juda katta oziq-ovqat inflyatsiyasiga, energiya va o‘g‘itlar narxining keskin oshishiga olib keldi. Ukrainadagi voqealar bu inflyatsiya spiralining yechilishiga yordam bergan omillardan biri, xolos, — deydi IKAR axborot-tahlil agentligi bosh direktori Dmitriy Rilko. 

    Hozircha Istanbul kelishuvlari nima bilan tugashi aniq emas. Ammo u so‘nggi haftalarda kuzatilgan narxlarning pasayish tendensiyasini mustahkamlashi kutilmoqda.

    16.07.2022, 07:26   Izoh (0)   13265
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Investorlar stagflyatsiyaga tayyorlanishi kerak — Financial Times

    15.07.2022, 23:43

    O‘zbekistonga iyun oyida 1,34 mlrd dollar pul o‘tkazildi

    15.07.2022, 22:27

    Iyun oyida Yevropa Ittifoqida avtomobillari savdosi rekord darajada pasaydi

    15.07.2022, 19:57

    Yevropa 6 yil ichida birinchi marta Amerika neftining eng yirik xaridoriga aylandi

    15.07.2022, 19:26

    Yil boshidan buyon budjetga qancha soliq to‘langani ma’lum bo‘ldi

    15.07.2022, 19:12

    Butun dunyoda qimmat neft va benzin davri keldi

    15.07.2022, 15:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muxlislar tomonidan ortiqcha baholangan 7 turk qahramoni

    Kino | 12 avgust, 20:25

    Kavkazdagi “katta o‘yin”ning yangi sahifasi. Zangazur koridori ustidagi geosiyosiy raqobat

    Dunyo | 12 avgust, 20:12

    Yevropa Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam berdi

    Dunyo | 12 avgust, 19:55

    Nega ko‘pchilik smartfondan ko‘ra tugmachali telefonni afzal ko‘rmoqda?

    Layfstayl | 12 avgust, 19:40

    Prezident Buxorodagi 5 mingta xonadonda arzon issiqxonalar qurish vazifasini qo‘ydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:30

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Kelajakda Somon yo‘li Andromeda galaktikasi bilan to‘qnashishi mumkin — tadqiqot

    Dunyo | 12 avgust, 19:25

    “Ovoz” ogohlantirildi: loyihada Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i bo‘yicha mualliflik huquqi buzilgan

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:13

    Argentinada Netanyaxuni mamlakatga kelgan taqdirda hibsga olish so‘ralmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.