Yanvar oyidan buyon budjetga qancha soliq to‘langanligi e’lon qilindi. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar bermoqda.
Yil boshidan beri budjetga jami 71 trln so‘m miqdorida soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 foizga ko‘p.
Ushbu soliqlardan 18,6 trln so‘mi foyda solig‘i bo‘lib, u o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga o‘sgan.
Ikkinchi o‘rin — 15,8 trln so‘m bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i, u 30 foizga o‘sish qayd etgan.
Uchinchi o‘rin — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 11,3 trln so‘m, bu o‘tgan yilning mos vaqtiga nisbatan 28 foizga ko‘p.
To‘rtinchi o‘rin —2,5 trln so‘m bilan yer solig‘i, u 43 foizga o‘sish ko‘rsatgan.
Beshinchi o‘rin — mol-mulk solig‘i — 2 trln so‘m, o‘tgan yilga nisbatan 59 foizga o‘sgan.
Oltinchi o‘rin — 1,2 trln so‘m bilan aylanmadan olinadigan soliqqa tegishli, u 34 foizga o‘sish qayd etgan.
Yakunda 19,6 trln so‘m bilan boshqa soliq va yig‘imlar joylashgan. Ushbu qiymat o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga o‘sgan.
Izoh (0)