• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Sendan aktyor chiqmaydi, deyishgandi”. O‘zbekistonlik mashhurlarning orzularga erishish yo‘lida taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari

    O‘zbek san’at vakillari orasida atrofdagilarning ishonchsizligi sabab institutga qabul qilinmagan, kastingdan o‘tib rolga tasdiqlanmaganlar ko‘p. Hatto, atrofdagilar ba’zilarining san’atkor bo‘lishiga ham shubha bilan qaragan. Biroq inson orzu va maqsadlar sari olg‘a ildamlasa, har qanday to‘siqni yengib o‘tish mumkin. Quyida mashhurlarning shu haqdagi so‘zlariga quloq tutamiz.

    Ra’no Yarasheva: “Bolam bilan imtihondan o‘tkazishmagan”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ilk turmushidan ajrab, otasining roziligi bilan san’at oliygohiga hujjat topshirganida ustozlar imtihondan o‘tkazishmagan. Ular yosh bolali ayol yaxshi o‘qishiga ishonmagan.

    Foto: Instagram / @ranoyarashevaofficial

    Foto: Instagram / @ranoyarashevaofficial

    — Ilk marta san’at institutiga imtihon topshirganimda qabul qilishmagan. Rahmatli Arsen Ismoilov Yarashayevaning qo‘lida yosh bolasi bor ekan, u bilan o‘qishga qiynaladi, deb past ball qo‘ygan. Undan qattiq xafa bo‘lib, yig‘lagandim. Chunki o‘shanda dadamdan arang ruxsat olib, Toshkentga kelgandim. O‘qishga kirolmadim, desam qayta o‘qishga yubormasligi mumkin edi. Shularni o‘ylab rosa qiynalgandim. Imtihon javoblari chiqqach, ustozlar o‘tiradigan xonaning eshigi tagida turib “Nega menga ishonmaysizlar? Men yaxshi o‘qiyman”, deb yalinib, yolvorganim yodimda. Shunda ustozlardan biri sirtqi bo‘limda o‘qishni tavsiya qilgan. Bir yil nima ish qilaman, deb televideniyega ishga borganman. Ishga ololmaymiz, deyishlaridan qo‘rqib, hayotimni ro‘y-rost gapirib bergandim. “Turmushdan ajrab, otamni arang ko‘ndirib Toshkentga o‘qishga keldim. Agar o‘qishga kirolmaganimni dadam bilsa, meni qayta bu yerga jo‘natmaydi yoki turmushga berib yuboradi”, — deganman. Shundan so‘ng ishlab, bir yildan so‘ng sirtqi bo‘limga o‘qishga kirganman, — deydi aktrisa Ra’no Yarashayeva.

    O‘tkir Meliyev: “Tog‘lik kuyov rolini ishonishmagan”

    Aslida “Tog‘lik kuyov” filmida Yo‘lchi Ortiqov emas, O‘tkir Meliyev suratga tushishi kerak edi. Afsuski, kastingdan o‘tgan aktyor qandaydir sabablar bilan filmdan chetlatilgan.

    Foto: O‘tkir Meliyev arxividan

    Foto: O‘tkir Meliyev arxividan

    — Ilk rolim tog‘lik kuyov bo‘lishi kerak edi. Kastingdan o‘tganman, televideniyedan institutga xat ham yuborishgan. Rektorimiz darslarni o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishdan ozod qilgan. Ustozim Arsen Ismoilov ham oq yo‘l tilab duo qilgan. Syomka boshlanishidan bir kun avval yotoqxonada osh qilib, do‘stlarimni mehmon qilgandim. Film ijodkorlari meni erta tongda “Kosmonavtlar” metrosidan olib ketishlari kerak edi. Belgilangan vaqtda metro yoniga borib kutganman. O‘sha paytda mendan baxtli inson yo‘q edi. San’at institutining avvalgi binosi “Kosmonavtlar” metrosiga yaqin edi. Quvonganimdan tanish talabalarga syomkaga ketayotganimni aytdim. Afsuski, film ijodkorlari kelishmadi, ularni 17:00 ga qadar kutib, hafsalam pir bo‘lib ortimga qaytgandim. Juda yomon holatga tushib qolgandim, ammo bugun bo‘lmasa ertaga chaqirishsa kerak, degan umid bor edi. Oradan besh kun o‘tib, kasting topshirgan yigitlardan birini uchratib qoldim. U film syomkasi tog‘da bo‘layotganini va rolga boshqa aktyor tasdiqlanganini aytdi. Shu voqeadan keyin san’at men uchun emas ekan, deb Surxondaryoga qaytib ketmoqchi bo‘lganman. Bir yildan keyin “Sardor” serialiga taklif etishgan. Ammo baribir “Tog‘lik kuyov”da kastingdan o‘tding, deb syomkaga chaqirishmagani qattiq ta’sir qilgan, — deydi aktyor O‘tkir Meliyev.

    Hilol Nasimov: “Rejissor bo‘lib nima qilasan, deyishgan”

    “Aldangan ayol”, “Merosxo‘r”, “Tubanlik” kabi filmlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan rejissor Hilol Nasimovga ustozi bu sohani egallamaslikni tavsiya qilgan. Onasi esa san’at o‘g‘lini xor qiladi, deb hisoblagan ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Rejissor bo‘lishimga birinchilardan bo‘lib onam ishonmaganlar. “Bizning avlodimizdan katta lavozimdagi va san’at odamlari chiqmagan. U yerda xor bo‘lib ketasan”, deb qarshilik bildirgan. Undan keyin rejissor Ravil Botirov attestatimni ko‘rib, “Sen bola yaxshi o‘qir ekansan, oltin medal ham olibsan, rejissor bo‘lib nima qilasan? Boshqa kasbning etagidan tutsang-chi”, deb maslahat bergandi.

    Zamira Beshimova: “Aktrisa bo‘lishimga ishonishmagan”

    Sodda va kamgap Zamira Beshimovaning aktrisa bo‘lishiga hech kim ishonmagan. Hatto qarorini atrofdagilarga aytganda ustidan mazax qilib kulgan paytlari ham bo‘lgan.

    Foto: Zamira Beshimova arxividan

    Foto: Zamira Beshimova arxividan

    — Bolaligimda juda sodda, kamgap qiz bo‘lganman. Ammo baholarim a’lo bo‘lgan. Shu boisdan meni o‘qituvchi, nari borsa jurnalist bo‘ladi, deb hisoblashgan. Aktrisa bo‘laman, desam kulgan vaqtlari ham bo‘lgan. Musiqali komediya teatri ishga kirganimda eng baland pardalardan kuylashni, o‘z imkoniyatimni ko‘rsatishni istardim. “Senga hali bor” deyishganda, xuddi uddalay olmaysan, deb tushunganman.

    Aktrisa bo‘lganimda “Bu rolni o‘ynolmaydi”, qo‘shiq aytishni boshlaganimda esa “Bir kami shu qoluvdi qo‘shiq aytmagan”, degan fikr ko‘p bo‘lgan. Pedagoglik qilishni boshlaganimda ham shunga o‘xshash gaplarni eshitganman. Negativchilar hamisha bor va bunday keyin ham bo‘ladi. Eng yomoni ular negativ fikrlardan boshqa hech narsani uddalay olishmaydi, — deydi aktrisa Zamira Beshimova.

    Farrux Raimov: “Prodyuserimni aynitishgan”

    Farrux Raimovning prodyuserini mashhur xonanda “aynitgan”. Unga hurmat qilgan ijodkorining “Farrux bilan ishlamang, baribir u ko‘tarilmaydi. Pul tikkandan foyda yo‘q”, degan gapi alam qilgan.

    Foto: Instagram / @farruxraimov_

    Foto: Instagram / @farruxraimov_

    — Hayotimda ishonch bildirmagan yoki atayin oyoqdan chalish holatlari ko‘p bo‘lgan. Masalan, bir prodyuser bilan kelishuvga erishib, ikkita qo‘shiq yaratganimda birdan fikridan qaytib qolgan. Buning sababini so‘rasam, “Sen ishongan xonanda Farhod Saidov Farrux bilan ishlamang, baribir u ko‘tarilmaydi. Pul tikkandan foyda yo‘q”, deb aytdi degan. Rosti bu gaplardan ajablandim va prodyuser ishonmasang, telefon qil degani uchun Farhod akaga qo‘ng‘iroq qildim. “Aka, prodyuserimga nega bunday dedingiz, san’atda o‘z o‘rnimni topishga harakat qilayotganimni bilasiz-ku”, dedim. U bu gaplarni inkor etib, hech kimga bunday demaganligini aytdi. Oradan ikki daqiqa o‘tmay prodyuserga qo‘ng‘iroq qilib, “Nega men aytganimni aytdingiz? Menga qo‘ng‘iroq qildi”, deganidan keyin hafsalam pir bo‘lgandi. Mehnat qilayotgan insonga ishonch bildirishmasa, qattiq alam qilarkan, — deydi xonanda Farrux Raimov.

    Zuhra Soliyeva: “Sakkiz yilda ham ‘shtat’ga olishmadi”

    Aktrisa Zuhra Soliyeva 8 yil O‘zbek milliy akademik drama teatrida ishga kirishga harakat qilgan. Afsuski, rahbarlar uni “shtat”ga ishga olishni istashmaganidan keyin teatrdan butunlay ketishga qaror qilgan.

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    Foto: Instagram / @zuhra_salieva

    — Teatrda gonorar asosida ishlasam-da, sidqidildan mehnat qilardim. Rol tanlamasdim, qayerga gastrol safariga jo‘natishsa borardim. Yaxshi ishlasam, meni ham “shtat”ga ishga olishadi, degan umid bor edi. Ammo 8 yilda ham ishga olishga loyiq ko‘rishmadi. Rahbarlar ishonishmadi yoki ba’zi insonlarning xohishi sabab teatrda chetlashtirishdi. Atrofimdagi odamlarga bu haqda aytsam kulishadi, deb qo‘rqardim. Shu bois kechqurun uyga kelib, oynaning qarshisida uvvos solib yig‘lardim. Atrofdagilarning ishonch bildirishmasligi juda yomon holat. O‘shanda teatrga ishga olishmasa ham kinoda o‘z o‘rnimni topaman, bu yerdan ko‘ra ko‘proq pul topaman deb ahd qilganman. Ammo teatrga bo‘lgan muhabbatim so‘ngmagan, jonli sahnani hanuz sog‘inaman, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.

    Mirkamol Qoraboyev: “Jaloliddin Manguberdi rolini berishmagani alam qildi”

    O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman o‘sha” klipida suratga tushgan aktyor Mirkamol Qoraboyev Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialda ham suratga tushishi kerak edi. Ammo rol unga emas, turk aktyoriga nasib etdi.

    Foto:Instagram / @mirkamol_karabayev

    Foto:Instagram / @mirkamol_karabayev

    — Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman o‘sha” klipida suratga tushganimdan keyin qo‘ng‘iroq qilib, Jaloliddin Manguberdi haqida serial suratga olinishini va bosh rolga tasdiqlashgani haqida aytishdi. Haqiqatan ham quvondim. Chunki tarixiy serialda bosh rolni ijro etishni har bir aktyor orzu qiladi. Keyin oradan ancha vaqt o‘tib, O‘zbekistonda o‘tkazilgan kastingga taklif etishdi. Bir kun avval tashlangan kasting shartlariga tayyorlanib bordim. Ammo keyin kastingdan avval serialning ilk tizeri namoyish etilganini, Jaloliddin rolini turk aktyori ijro etganligini eshitib hafsalam pir bo‘ldi. Umid uyg‘otib, rol tasdiqlanib bo‘lgach, kastingga chaqirishgani alam qildi. Mayli, bu serialga rizqim qo‘shilmagan ekan, — deydi aktyor Mirkamol Qoraboyev.

    Alisher Uzoqov: “Onamga mendan aktyor chiqmaydi deyishgan”

    Alisher Uzoqov san’atkorlar oilasi vakili bo‘lsa-da, onasi Shohida Uzoqovaga “O‘g‘lingizdan drama aktyori chiqmaydi” deyishgan ekan. Bu gap bo‘lajak aktyorga qattiq ta’sir etgani aniq. 

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    — Hozirgi yoshlarga aktyor bo‘lish qiyin. Chunki men bitirgan yili kursimizdan to‘rtta aktyor chiqqan. Menimcha, hozir bu raqamlar ancha ko‘p bo‘lsa kerak. Ammo natija yo‘q.O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirgani borganimda eshik yonida o‘tirgan nazoratchi isming nima deb so‘ragan. “Alisher” desa biroz o‘ylanib qolib, onamga qarab “Shohida, bundan aktyor chiqmasa kerak, yaxshisi qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi bo‘limiga hujjat topshirsin”, deb maslahat bergan, — deydi Alisher Uzoqov.

    Mavzuga doir:

    • “Aldangan ayol” kastingidan o‘tolmagan Nigora, Taxmina obrazidan quruq qolgan Durdona. Film va seriallardagi mashhur rollarni turli sabablarga ko‘ra ijro eta olmagan aktrisalar (foto)
    • Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    06.07.2022, 14:53   Izoh (0)   59816
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Minyonlar: Gryuvitatsiya” multfilmi namoyishidan so‘ng ilk dam olish kunlarida 200 mln dollar foyda keltirdi

    06.07.2022, 11:52

    Xurshid Rasulov rossiyalik boshlovchi Andrey Malaxov e’tiboriga tushgani hamda “Privet, Andrey!” ko‘rsatuviga taklif etilgani haqida (video)

    05.07.2022, 14:32

    Instagram: Izzat Shukurov “asal oyi”da, Liil Xurramov do‘kon ochdi, Munisa Rizayeva yangi kvartirasini ko‘rsatdi, Rashid Xoliqov xonadonida bayram

    04.07.2022, 22:19

    Marhum o‘zbek san’atkorlarining farzandlari qaysi sohalarda faoliyat yuritadi? (foto)

    04.07.2022, 14:32

    “Cheburashka” multfilmi muallifi Leonid Shvarsman 102 yoshida vafot etdi

    02.07.2022, 20:20

    Qoraqalpoqlarning chavandoz raqsi, Farrux Zokirov bilan duet kuylagan Hamdam Sobirov, “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi mushakbozlik — Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi...

    01.07.2022, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.