“Toshshahartransxizmat” Qurbon hayiti bayrami kunlari jamoat transportining harakat jadvali haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 9-iyul kuni mamlakatda Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi. Shu va 11-, 12-iyul kunlari dam olish kuni deb belgilangan. Prezidentining tegishli farmoniga binoan, bayram va dam olish kunlari jamoat transporti faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:
- 9-iyul, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 10-iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 11-iyul, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 12-iyul, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izoh (0)