• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘iston voqealarida 107 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi og‘ir tan jarohati olgan, ulardan 23 nafarining ahvoli og‘ir — TIV

    Tashqi ishlar vazirligi xorijiy OAVlarda yoritilayotgan asossiz xabarlar yuzasidan ma‘lumot berdi.

    Alohida ommaviy axborot vositalari va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar o‘z nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan turli taxmin va ishonchsiz xabarlarni bo‘rttirib tarqatmoqda.

    “Tinch mitingni tarqatilgani”, “mustaqil ovozlarni o‘chirish va axborotni to‘sib qo‘yish”, jumladan, favqulodda holat e‘lon qilish yo‘li bilan qonunga xilof ravishda kuch qo‘llangani haqida asossiz da‘volar aytilmoqda.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga oydinlik kiritib, batafsilroq va xolis ma‘lumot berdi.

    2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligiga putur yetkazishga urinish sodir etildi. Umumiy muhokamaga qo‘yilgan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarga norozilik bahonasida bir guruh g‘arazli shaxslar zo‘ravonlik, otishma va hukumat binolarini kuch bilan egallab olishga urinishlar uyushtirgan.

    Ushbu noqonuniy harakatlar separatizmni qo‘zg‘atish, tinch, birdam, demokratik mamlakatni beqarorlashtirish va parchalashga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan qo‘poruvchilikning yaqqol belgilarini ko‘rsatdi.

    Populistik shiorlar niqobi ostida uyali aloqa va internet orqali soxta xabarlar tarqatib, dushman kuchlar fuqarolarni konstitutsiyaga zid harakatlarga ommaviy ravishda jalb qilishga urindi. Bu ularni internet aloqalarini vaqtincha cheklash choralarini ko‘rishga majbur qildi.

    Ommaviy pogromlar va vahshiyliklar davomida parlament binolari – Jo‘qorg‘i Kenges, Nukus shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi binolariga bostirib kirishga bir necha bor urinishlar bo‘ldi, o‘qotar qurollar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan olib qo‘yildi va davlat, jamoat va shaxsiy mulkni vayron qilish hamma joyda amalga oshirildi, shahar infratuzilmasiga katta zarar yetkazildi.

    Bundan tashqari, hujumlar paytida 107 nafar huquq-tartibot idorasi xodimi og‘ir tan jarohati olgan, ulardan 23 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 270 nafar davlat xizmatchisi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

    Namoyishchilar harakatlarining shafqatsizligi odamlar ongini manipulyatsiya qilgan bir guruh odamlarning provokatsion harakatlarining natijasi bo‘lib, fuqarolarning tinch namoyishi sifatida baholanib bo‘lmaydi.

    Ushbu noqonuniy xatti-harakatlar natijasida, avval aytib o‘tilganidek, 18 kishi halok bo‘lgan. Ta‘kidlash joizki, hujumlarning faol ishtirokchilari orasida mutlaq ko‘pchilik giyohvandlik va alkogolli mastlik holatida bo‘lgan odamlardir.

    O‘zbekiston hukumati hokimiyatni kuch bilan egallab olishga qaratilgan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni, separatistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, adovat qo‘zg‘atish, tartibsizliklar va zo‘ravonlikka chaqirishni keskin qoralaydi.

    Ko‘rilgan chora-tadbirlar va huquq-tartibot idoralarining tegishli choralari tufayli noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi.

    Ayni paytda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda. O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi sifatida shaffof, mustaqil va xolis tergov tamoyillariga to‘liq rioya etish, shuningdek, tegishli jarayon va adolatli sudlov kafolatini ta‘minlash tarafdoridir. Tekshiruv natijalari tegishli xalqaro tashkilotlar e‘tiboriga havola etiladi.

    O‘zbekiston hukumati tomonidan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar qonunchilik doirasida amalga oshirilib, eng avvalo, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga tahdidning oldini olishga qaratilgan.

    Ayni paytda Qoraqalpog‘iston hududida mobil aloqa to‘liq yo‘lga qo‘yilgan, oziq-ovqat do‘konlari, bozorlar, novvoyxonalar, banklar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektr, gaz va suv odatdagidek beriladi.

    O‘zbekistonning tegishli davlat organlari Qoraqalpog‘istondagi mavjud vaziyat haqida har kuni jamoatchilikni xabardor qilib boradi. Shu munosabat bilan, axborot olish imkoni yo‘qligi haqidagi bayonotlar asossizdir.

    O‘zbekiston Respublikasining demokratik islohotlar yo‘lini izchil davom ettirishiga, har bir insonning sha‘ni va qadr-qimmati, farovonligi va manfaatlari haqida qayg‘uradigan insonparvar, huquqiy va ijtimoiy davlat qurish va uni mustahkamlash yo‘lidan dadil qadam tashlashiga hech qanday kuch to‘sqinlik qila olmasligini bildiramiz.

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi barcha ommaviy axborot vositalari va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarni Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealarga xolisona yondashishga, turli ishonchsiz manbalarga asoslangan xulosalar va bir tomonlama bayonotlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyat bilan, shu jumladan, qonuniy manfaatlar, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalarida ochiq muloqot va o‘zaro hamkorlikka sodiq qoladi.

    06.07.2022, 22:10   Izoh (0)   25704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent va Samarqand arxitektura va qurilish institutlariga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi

    06.07.2022, 21:56

    Toshkent metrosining 7-bekati vaqtincha yopildi

    06.07.2022, 21:40

    O‘zbekistonda shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish tizimi to‘liq o‘zgaradi

    06.07.2022, 21:20

    Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Qurbon hayiti bilan bir-birini qutladi

    06.07.2022, 21:10

    Uzmetronom sayti asoschisi Sergey Yejkov sudda Komil Allamjonovdan uzr so‘radi 

    06.07.2022, 21:00

    O‘zbekistonda bosh sxema, bosh reja va master rejalar ishlab chiqish uchun 2022-yilda 200 milliard so‘m ajratiladi

    06.07.2022, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.