O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 387-F sonli farmoyishi talablari bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten Yer usti halqa yo‘lining 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan 7-bekat 2022-yil 11-iyul kunidan 18-iyul kuniga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Shuningdek, 2022-yil 11-iyul kunidan avgustga qadar Yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.
Izoh (0)