2022-yilning 6-iyul kuni Shayxontohur tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat)da nazarda tutilgan jinoyatda ayblanayotgan Uzmetronom sayti asoschisi S.Yejkovning jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda jabrlanuvchi Komil Allamjonov va sudlanuvchi Sergey Yejkov “Brilliantoviy malchik” va “Sliv s dalnim pritselom” maqolalari yuzasidan o‘z pozitsiyalarini bildirdilar.
Sergey Yejkov tegishli dalillarsiz materialni e’lon qilganidan afsusda ekanligini bildirdi va sudda Komil Allamjonovdan uzr so‘radi.
O‘z navbatida, Allamjonov, uning maqsadi — Yejkovni jazolash emas, balki o‘zining haq ekanini isbotlash bo‘lganini, u bunga erishgani va o‘z arizasini qaytarib olishini bildirdi. U har qanday bahslar ko‘chada, “podval”larda emas, aynan sudlarda hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Sud majlisi yakunida Komil Allamjonov Sergey Yejkovga qo‘l uzatgani zaldagilar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. U Yejkovga o‘zining “Allamjonov aybdor” kitobini “Sud zalidan aziz Yejkov S.A. akaga esdalik uchun” deb yozilgan dastxat bilan sovg‘a qildi.
Izoh (0)