Andijon viloyati Shahrixon tumanida 5-iyul kuni “Vaz-2107” mashinasida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tumanning “Nur” mahallasi hududida fuqaro (1998-yilda tug‘ilgan) X.A.ga tegishli “Vaz-2107” avtomashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Holat oqibatida fuqarolarga tan jarohati yetmagan. Avtomashina yonib zararlangan.
Izoh (0)